Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Fev, 2011

Kutilgan onlar tobora yaqinlashmoqda!

SB.uz 5 yoshdaInternet olamida o'z o'rniga ega bo'lgan, shou-biznes olamini yoritib boruvchi eng haqqoniy portal hisoblanadigan SB.uz bu yil o'zining 5 yillik kichik yubileyini keng nishonlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Aslida 25 fevral kuni nishonlanadigan tadbir, muxlislarning talablariga binoan biroz kun iligan vaqtda o'tkaziladigan bo'ldi va 2011 yilning 25 mart kuni muhtasham Istiqlol san'at saroyiga barchani to'plashga qaror qildi.

2011 yilning 25 mart kuni soat 18:00da bo'lib o'tadigan gala konsert dasturida o'zbek estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirok etishlari ko'zda tutilgan va hozirgi kunga kelib bizning konsert dasturimizda ishtirok etadigan xonandalar ro'yhati quyidagilarni tashkil etmoqda: «Shahzod» guruhi (Rashid Xoliqov), Rayhon, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, «Bojalar» guruhi, Oybek va Nigora, Samandar Hamroqulov, Dineyra, Lola, Shohruhxon, Eldor Bek va boshqalar. Konsertni iste'dodli aktyor va xonanda Alisher Uzoqov olib boradi. Konsert rejissori «Uylanish», «Qora ko'z» kabi ko'plab filmlar rejissori Jahongir Ahmedov bo'ladi.

SB.uz 5 yoshda


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *