Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Mart, 2011

Konsert rejissori o'zgardi!

Burxon SharopovBa'zi sabablarga ko'ra o'tgan shanba kuni «SB.UZ 5 yoshda!» konsert dasturining rejissorini o'zgartirishga to'g'ri keldi. Aslida konsertga rejissorlik qilishi kutilayotgan Jahongir Ahmedov o'rnini taniqli kino rejissor, bir vaqtlar «7dan 70gacha», «Salom, Yoshlar!» kabi muvaffaqiyatli teledasturlar muallifi va boshlovchisi Burxon Sharopov egalladi.

Rejissor Burxon Sharopovning konsertimizga professional yondashuviga shubhamiz yo'q. Demak, konsert dasturidan bemalol ko'nglimizni to'ldirishimiz mumkin. Yana shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, mazkur o'zgarishdan keyin rejissor Burxon Sharopov bilan «O'zbegim taronasi» radiosida konsert oldidan maxsus intervyu ham uyushtirildi. Bu haqda keyingi xabarlarimizda alohida to'xtalib o'tamiz.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *