Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Mart, 2011

Konsert dasturiga bag'ishlangan 3 kunlik intervyu!

SB.uz 5 yoshda!18-mart kuni soat 16:00dan 17:00ga qadar FM 101 to'lqinida rus tilidagi efirda MagometAli Idayatov boshlovchiligida Rayhon hamda Igor Iosis SB.uz portalining 5 yillik konsert dasturiga oid savollarga javob berishadi. Ushbu dasturda Lola ham ishtirok etishi ehtimoldan holi emas.

19-mart kuni soat 18:00dan 20:00ga qadar esa Sabina boshlovchiligida o'tadigan 2 soatlik efir vaqtida Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Alisher Uzoqov, Ziyoda, Ruhshona, Sirojiddin va Portal rahbari Mirtohir Mirg'ulomov mehmon bo'ladilar. Va ular ham aynan portalimiz 5 yillligiga bag'ishlangan konsert dasturi haqida o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashadilar.

20-mart kuni esa FM 88,4 «Navro'z» radiosida boshlovchi Sadafning «Taqdimot» dasturida Shohruhxon hamda Mirtohir Mirg'ulomov mehmon bo'ladilar. Dastur albatta SB.uz portalining 5 yillik to'yiga bag'ishlanadi. Efir vaqti esa 14:00dan 15:00ga qadar.

Dasturlarni o'tkazib yubormang. Doimiy hamkorimiz FM 101 «O'zbegim taronasi» hamda «Navro'z» radiolarini tinglashda davom eting!

SB.uz 5 yoshda!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *