Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Okt, 2008

Jahongir (JET)ning tavallud kuni!!!

Jahongir (JET)SB.uz portalida ijod qilib kelayotganiga 1 yildan ko’p vaqt bo’lgan Jahongir (JET) bugun o’zining 22 bahorini qarshi oldi. Ushbu kun nafaqat Jahongir (JET) uchun muhim kun, balki portalimiz SB.uz uchun ham e’tiborga molik kun!

Jahongir (JET) o’zining izlanishlari va portalimiz uchun fidokorona ko’rsatgan mehnatlari bilan yaxshigina tanilgan, deb bemalol aytishimiz mumkin. Uning bugungi tug’ilgan kuni ham ish jarayonida o’tgani alohida tahsinga sazovor! Portalimiz tashkiliy ishlari ma’sul hodimi Nodir Qo’chqorovning xonadonida bugun to’y-tantana (qizlik bo’lganligi munosabati bilan) jarayonida ham o’z tavallud kunini unutgan holda yordamini ayamadi. Shu orada esa hamkorimiz «O’zbegim taronasi» radiosida bo’lib o’tgan «Uchrashuv» dasturida ham SB.uz portali nomidan ishtirok etganini ta’kidlab o’tish lozim. Xullas, bir so’z bilan aytganda o’z xonadonida, katta bayram bo’lib turgan paytda ham el xizmatida, SB.uz portali bilan birgalikda bo’ldi. Buning uchun biz Jahongir (JET)ga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Jahongir (JET)ga SMS tabrik yo’llash

Jahongir sening har bir izlanishing va portalimiz uchun yordaming hech qachon unutilmaydi. Sen tarix zarvarraqlariga allaqachon tushishga ulgurding, deb bemalol aytishimiz mumkin. Hayot yo’li seni SB.uz portali bilan birlashtirgan ekan, bu bejiz emas. Qisqa va lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, sen bizga keraksan va qadrlisan! Har doim, hamma uchun shunday bo’lib qolish tilagi bilan…

SB.uz portali ijodiy guruhi!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *