Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Fev, 2010

«Hijron», «Yomg'ir», «Yoring bo'lolsam»…

Yangi kliplarSarlavhani ko'rib, SB.UZ portali lirik chekinishga qo'l urgan ko'rinadi desangiz ajab emas. Haqiqatda ham insonni o'ylantirib qo'yguvcha so'zlar o'yini… Aslida esa, bizda navbatdagi kliplar prem'erasi!

Ilk tanishtirmoqchi bo'lgan klipimiz, yaqindagina prem'erasi bo'lib o'tgan Yodgor Nosirovning «Hijron» filmi uchun «Shahzod» guruhi solisti, Rashid Holiqov tomonidan kuylangan maxsus soundtrack.

Rashid Holiqov — Hijron

Avvalgi yangiliklarimizdan birida «Yomg'ir» nomi ostida treyler taqdim etgan edik. Navbatdagi klipimizda ShohJahon Jo'raevning ushbu treylerga qanchalik aloqasi borligini bilib olishimiz qiyin emas. Demak, mashhur Sherali Jo'raevning davomchisi bo'lmish ShohJahon Jo'raev tomonidan portalimiz uchun maxsus taqdim etilgan klip.

ShohJahon Jo'rayev — Yomg'ir

Eng so'nggi klip esa yosh ijodkor Dilmurod Yusupov tomonidan taqdim etilgan bo'lib, «Yoring bo'lolsam» deya nomlanadi.

 Dilmurod Yusupov — Yoring bo'lolsam

Kliplar qay daraja chiqqanligiga esa albatta siz baho berasiz. O'ylaymizki barcha kliplar sizga manzur keladi.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *