Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Hayr 2013, Salom 2014!!!
1 Yan, 2014

Hayr 2013, Salom 2014!!!

2014Mana yana bir yilni yakunlab, yangi yilga qadam qo’ydik. 2013-yil davomida biz uchun ham quvonchli, ham qayg’uli damlar bo’ldi. Hammamizni hayotimizda o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan 2013-yil bilan hayrlashib, 2014-yilni katta rejalar va niyatlar bilan boshlab oldik. Bugun biz o’tib ulgurgan 2013-yil hamda kirib kelgan 2014-yil haqida qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz.

2013-yil o’zbek shou-biznesida juda ko’p qiziqarli voqealar sodir bo’ldi. Yangi nomlar chiqdi, ajoyib hit taronalar dunyoga keldi. Kimdir o’z o’rnini topgan bo’lsa, yana kimdir aksincha uni yoqotdi. SB.uz portali 2013-yilda u qadar ko’ngildagidek iod qila olmaganligini, tan olamiz. Ammo, shu bilan bir qatorda eksklyuziv loyihamiz hisoblangan «PhotoMania» orqali ko’plab muxlislarni hamda yulduzlarni xushnud eta oldik. Kamchiliklar yetarli bo’ldi. Bu kamchiliklarni esa endi 2014-yilda albatta bartaraf etib, siz azizlar uchun ajoyib loyihalarni taqdim etamiz. Kirib kelgan 2014-yil — ot yilida biz ham ot kabi tezkor chopamiz. Qiziqarli loyihalarimiz bilan barchangizni quvontirish niyatimiz bor. Oldindan yangi loyihalarimiz haqida so’z yuritishni istamayman. Biroq, portalimizni kuzatib borsangiz, bular haqida bilib olishingiz mumkin bo’ladi. Biz bilan birga bo’lgan barcha-barcha muxlislarimiz uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz. Kirib kelgan 2014-yil siz azizlar uchun faqat va faqat quvonchli daqiqalarni olib kelsin. Ona yurtimizda tinchlik, oilamizda hotirjamlik, ishimizda rivoj, topganimizda baraka, hayotimizda mazmun, yuzimizda tabassum, qalbimizda quvonch, tanamizda salomatlik bo’lsin!!! 2013-yilda erisholmaganlarimiz, 2014-yilda ro’yobga chiqsin! Ushalmagan orzularimiz, shu yilda ushalsin! Baxt va omad barchamizni hech qachon tark etmasin! Yangi yil muborak bo’lsin!!! So’nggi so’z o’rnida shuni aytaman: Hayr 2013, Salom 2014!!!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 537 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *