Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Haqiqiy yulduzlar yog’dusi SB.uz portalining yangi madhiyasida!!!
13 Fev, 2013

Haqiqiy yulduzlar yog’dusi SB.uz portalining yangi madhiyasida!!!

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniKuni kecha, ya’ni 11 fevral kuni SB.uz portali o’zining yangi madhiyasini yozish ishlarini amalga oshirdi. Aslida bu quvonchli xabar haqida avvalroq ham ma’lum qilsak bo’lar edi. Biroq, podadan oldin chang chiqarmaslikka qaror qildik. Mana portalimizning yangi madhiyasini yozish ishlarini yakunlab olib, endi bemalol sizlarga oshkor qilsak ham bo’ladi.

Haqiqiy yulduzlar yog’dusi bilan tayyorlanayotgan SB.uz portalining yangi madhiyasi barchaga birdek manzur keladi, degan umiddamiz. Zero, mazkur qo’shiqda shu qadar yulduzlar ko’pki, ularni bir maqolaga sig’dirish juda mushkul. Qolaversa, ularning har biri eng mashhurlar sirasidan! Biz hamma yulduzlarni bir kunda ma’lum qilishni istamadik. Shuning uchun ham, biz sizlarga har kuni birma-bir har bir yulduzdan qo’shiq yozish jarayoni va klip suratga olish vaqtida tushirilgan eksklyuziv fotosuratlarni taqdim etib boramiz. Keling avval yangi madhiya ijodiy jamoasi haqida ozgina to’xtalsak. SB.uz portalining yangi madhiyasi matn muallifi Rustam Bek, musiqa mualliflari esa Rustam Bek va Sherzod Mardiev. Madhiyada jarang sochadigan gitara ohanglarini mahorat bilan chalib bergan gitara ustasi Nodir Toshxo’jaev. Qo’shiq «H.U.M.O Records» studiyasida yozildi. Unga suratga olingan klip rejissori esa ajoyib klipmeyker Dilmurod Agzamov. Klip operatori Izzat Lutfullaev. Grim ustasi Doniyor Hakimov. Klipni suratga tushirish jarayonidan chiroqlar borasida o’z yordamini ko’rsatgan «MMM» video studiyasi. Suratga olish jarayonidagi barcha fotosuratlarni tarixga muhrlagan fotosuratchi Sardor Xasanov. Loyiha muallifi kamina Mirtohir Mirg’ulomov. Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi Nodir Qo’chqorov.

Ana endi bizning madhiyamizni ijro etgan yulduzlardan eng birinchisini tanishtirish fursati yetdi. Bu ham bo’lsa barchamizga juda ham yaxshi tanish bo’lgan, estradamizning eng yorqin yulduzlaridan biri, 1989 yildan buyon o’z ijodini yuqori pog’onalarda ko’rsatib kela olayotgan «Bolalar» guruhi yakkaxoni Tohir Sodiqov. Xabaringiz bor Tohir Sodiqov va «Bolalar» guruhi shu yilning 7-8-9-10 mart kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’zining navbatdagi ajoyib lazer shousini taqdim etadi. Konsertga tayyorgarliklar ayni avjiga chiqqan palla bo’lishiga qaramay Tohir Sodiqov bizning taklifimizni qo’llab-quvvatlaganliklari uchun alohida minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Demak, qiziqarli fotosuratlarni tomosha qilishga marhamat! Ertaga yana bir yulduzning madhiyani yozish jarayonidan olingan eksklyuziv fotosuratlarini taqdim etamiz.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 918 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *