Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Apr, 2012

Gulchehra Eshonqulova chempion bo'ldi!

Gulchehra Eshonqulova Photo CupO'zbek kinosining yorqin aktrisalaridan biri, ajoyib iste'dod egasi, o'z kasbining mohir ustasi Gulchehra Eshonqulova «Photo Cup» loyihasining 2-chempionatida g'olib bo'lib, mazkur loyihaning 2-chempioni sifatida tarixdan o'rin oldi. Ushbu yutuq bilan biz Gulchehrani muborakbod etamiz.

Bu kabi g'alaba har kimga va har doim ham nasib etavermaydi. «Photo Cup» loyihasning birinchi chempionatida maftunkor estrada xonandasi Shahzoda birinchilikni qo'lga kiritganligi barchamizga ma'lum. Endi esa uning safiga Gulchehra Eshonqulova ham kelib qo'shildi. Ular 2012 yilning eng yaxshi fotosurati uchun kuz faslida bo'lib o'tadigan «foto-jang»da ishtirok etishadigan bo'lishdi. Unga qadar esa hali yana 3 nafar fotosurat ushbu chempionatda g'olib bo'lishlari lozim. Umumiy hisobda 5ta fotosurat yil fotosurati bo'lish uchun kurashadilar.
Endi esa bevosita 2-chempionatning so'nggi turi, ya'ni final uchrashuvi haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Final o'yinida Bollivudning yorqin aktyori Hrithik Roshan hamda iste'dodli aktrisamiz Gulchehra Eshonqulovalar kuch sinashgan edilar. Natijada esa 19 — 17 hisobida Gulchehra g'oliblikka erishdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng PC Reytingdagi natijalarga nazar tashlar ekanmiz, u yerda Gulchehrani birinchi o'ringa chiqib olganligini kuzatishimiz mumkin. Ikkinchi pog'onada esa Shahzoda bormoqda. Kuchli 3talikni Lola yakunlab beradi. Navbatdagi chempionat o'yinlaridan so'ng PC Reytingda yana katta o'zgarishlar bo'lishi aniq!

«Photo Cup» — loyihasining rasmiy saytiga tashrif buyurish

Gulchehra Eshonqulova Photo Cup


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 153 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *