Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Avg, 2006

"GOOD IDEA" g’olibi aniqlandi!

Barchangizga ma’lum, 9 avgust soat 16:00da portalimiz tomonidan uyushtirilgan «GOOD IDEA» loyihasiga kelgan maktublar ko’rib chiqilib, on-line tarzda g’oliblar aniqlanishi lozim edi. Biroq, bizni internet bilan ta’minlab berayotgan «Sharq telekom» aynan mana shu on-line anjuman boshlanishidan roppa-rosa bir soat oldin o’zining texnik hatoliklar sababli internetni uzib qo’ydi! Biz barcha ko’rgan hozirliklarimiz zoe ketishiga oz qoldi. Lekin, endi chekinishga yo’l yo’q edi. Nima bo’lsa, bo’lsin dedik-da on-lineni off-line holatida yozishga kirishdik…

GOOD IDEA TANLOVINI G’OLIBLARNI TANLASH JARAYONINI KO’RISH

Bizgacha foydalanuvchilarimiz tomonidan aynan mana shu tanlov uchun kelgan maktublar soni 120dan oshiqni tashkil qildi. Portal ijodiy guruhi, ya’ni hay’at a’zolari bu maktublarni saralab chiqqan holda ulardan 45tasini final bosqichga o’tkazdik. So’ngra, hay’at a’zolari: Rustam Fayziev, Matluba Musaeva, Sanjar Abdug’aniev hamda kamina barcha kelgan taklif va g’oyalarni ko’rib chiqqan holda baholashga o’tdik. Keling yaxshisi gapni cho’zmasdan g’oliblar nomini sanab o’tsam. 1-o’rin. Shahzod Ahmedov, 2-o’rin. Dilnoza Erkinova va nihoyat 3-o’rin. Furqat Muhiddinov. 1-o’rinni qo’lga kiritgan ishtirokchimizga portalimiz tomonidan portal tarkibidan o’rin olgan kliplar to’plangan DVD disk, bizning portalimizning mahsus firma belgisi tushirligan ruchka, bloknot hamda futbolka, sb.uz domenidan 10 mb joylik elektron pochta, eng asosiysi esa biz keltirgan ro’yhat bo’yicha ko’rsatilgan 10 nafar yulduz(Ziyoda, Nigora hamda Oybek, Radius 21, Bojalar, Sharof Muqimov, Yayra, Roksana, Yasmina, Anora, Mirjamol)dan biri bilan jonli uchrashuv; 2-o’rinni zabt etgan ishtirokchiga portal tarkibidan o’rin olgan mp3 qo’shiqlar to’plangan CD disk, bizning portalimizning mahsus firma belgisi tushirligan ruchka, bloknot hamda futbolka; 3-o’rinni egallagan ishtiokchiga esa faqatgina bizning firma belgimiz tushirilgan futbolka sovg’a tariqasida ajratildi. G’oliblar bizga murojaat qilgan holda o’z sovg’alarini qo’lga kiritishlari mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *