Forum.SB.Uz da katta yo'qotish!
SB.uz portali shu kunga qadar bir necha 10 dan oshiq omadli loyihalarini taqdim qilgan. Shulardan biri www.forum.sb.uz forumidir. So'nggi kunlarda ushbu forum og'ir yo'qotishni boshidan kechirdi…
Inson bu yorug' olamga kelishidan avval uning peshonasiga taqdiri bitilishi haqida ko'p bora eshitganmiz. Forum.SB.Uz forumining faollaridan uzbek (avvalgi DjZED) nicki bilan tanilgan foydalanuvchimiz endi oramizda yo'q. Gap shundaki, uzbek nicki foydalanuvchisi saraton kasalligidan vafot etdi. Hali 10 gulidan bir guli ham ochilmagan bu navqiron yigit shu qisqa vaqt ichida portal va forum uchun juda ko'p ishlarni amalga oshirishga musharraf bo'ldi. Uni endilikda ko'zlarda yosh bilan emas, balki faxr va iftihor bilan yodga olishimiz zarur. To'g'ri, so'nggi 15 kun ichida yuz bergan mudhish voqeadan qalbimiz ezildi. Hayot shunday. Lekin hech kim bolam deb nola qilmasin ekan… Shu gaplarimni sizlar bilan baham ko'rar ekanman, beehtiyor ko'zlarimga yana yosh keldi. Balki buni ochiq oshkora yozmasligim kerak edi balki? Ammo uni har qancha yodga olsak kam. Har doim duoga qo'l ochganingizda ham bir eslab pok ruhiga duo qilsak, maqsadga muvofiq bo'lardi. O'tganlarni Alloh rahmatiga olsin.