Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Okt, 2012

Finalda yana 2ta Shahzoda!!!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasining birinchi finali yodimga tushib ketdi. O'sha final uchrashuvida 2ta Shahzodalarning to'qnashuviga guvoh bo'lgan edik. Yakunda esa xonanda Shahzoda g'oliblikka erishgan edi. Bugungi kunda ham final uchrashuvi bo'lib o'tmoqda. Biroq, 5-chempionat finali… Finalda yana o'sha 2ta Shahzoda to'qnashuvi! Qiziq, kimning qo'li baland kelar ekan?

Qiziqarli loyihaning ashaddiy muxlislari ham tobora ko'payib bormoqda. beshinchi bor o'tkazilayotgan mazkur fotosuratlar chempionatida Shahzoda hamda Shahzoda Matchonova final uchrashuviga qadar yetib keldilar. Keling, avval biz yarim final baxslariga to'xtalib o'tsak.

Yarim final uchrashuvlari kutilmagan natijalar bilan esda qoldi, deyishimiz mumkin. Zero, yarim finalga chiqqan ishtirokchi 108ta ovoz farqi bilan mag'lub bo'lishini hech kim kutmagan edi. Shiddat bilan kurashib kelayotgan Zarina Nizomiddinova ham yarim finaldan uyga qatishiga to'g'ri kelgani ham kutilmagan holat, deb baholanmoqda. Batafsilroq to'xtaladigan bo'lsak, yarim final o'yinlarida Shahzoda hamda Zarina Nizomiddinova to'qnashuvida 135-107 hisobi qayd etildi. Zarina finalga qadar yetib borishiga ishonayotganlarning hafsalasi pir bo'ldi, barcha orzu-umidlari chippakka chiqdi. Bunga sabab esa Shahzoda!!!
Yarim finalning ikkinchi juftligi Shahzoda Matchonova hamda Alisher Uzoqov o'rtasidagi baxsda biz hech bo'lmaganda tenglik hukm suradi, yakunda kuchli ishtirokchi g'olib bo'ladi, deb o'ylagan edik. Ammo, 128-20 natijasi bilan Shahzoda Matchonova o'z raqibidan 108ta ko'p ovoz to'plagan holda chempionlik uchun odim qadam tashladi.

Ana endi final! Finalda albatta eng kuchligi g'olib chiqadi. Birinchi fotosuratlar chempionatida Shahzoda Matchonova mag'lub bo'lgan edi. Bugun esa unda g'olib bo'lish uchun yana bir imkoniyat paydo bo'ldi. Qani ko'ramiz, bu safar kim yutar ekan!!!

Final o'yinida ovoz berish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 294 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *