Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Avg, 2012

Finalda Shohruhxon Lolaga qarshi!!!

Shohruhxon vs LolaBiz bu ikki ijodkorni juda ko'p birga uchratganmiz. Filmlarda, kliplarda, konsertlarda… Har ikkisining ham juda ko'plab muxlislari bor. Ularning so'nggi duet taronalari ham ajoyib hit darajasida kuylangani hech kimga sir emas. Ammo, bugun ular bir-biriga qarama-qarshi…

«Photo Cup» loyihasi yurtmiz va xorij yulduzlarini Fotosuratlar chempionatida bir-birlariga qarshi chiqishga «majbur» qilmoqda. Bu albatta jiddiy ma'nodagi qarshilik emas, ijodiy qarshilik hisoblanib, unda chempionlik uchun 32 nafar yulduzning kurashi kechadi. Finalga qadar faqatgina 2 nafar ishtirokchi yetib kelishi ham hammaga birdek ma'lum. Mana bu safar ham huddi shunday bo'ldi. Finalda Lola va Shohruhxon qarshiligiga guvoh bo'lib turibmiz. Lola 3-Fotosuratlar chempionatida chempion bo'lganligi, uni mazkur uchrashuvda favorit sifatida ko'rsatib turibdi. Ammo, Shohruhxon ham finalga qadar bekorga kelmaganligini isbotlash uchun harakat qiladi. Kim g'olib bo'lishini esa biz 1 haftadan so'ng bilib olamiz. Hozircha esa kuchlilarga omad kulib boqishiga tilkadoshmiz.

«Photo Cup» loyihasida 5-Chempionat uchun saralash o'yinlari ham yakunlanib qoldi. Guruhlarga ajratish, ya'ni qur'a tashlash ishlari esa allaqachon yakuniga yetgan va hozirda kim qaysi guruhda kimlar bilan tushganligi ma'lum. Bugun mana shu guruhlar haqida ham qisqacha so'z yuritamiz.

Demak, 5-chempionat guruhlari ishtirokchilari bilan tanishing.

A-GURUHI. Shahzoda Matchonova, Bojalar, Manzura, Lady Gaga. Bu guruhda asosiy favorit so'zsiz Shahzoda Matchonova. Ammo, Manzura ham 5-chempionatda nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'yadi, degan fikrdamiz. Zero, u Ziyoda va Munisa Rizaeva kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirib final o'yinlari ishtirokchisiga aylandi. Bojalar va Lady Gagaga esa omad tilab qolamiz.

B-GURUHI. Zarina Nizomiddinova, Farruh Soipov, Alexander Rybak, Firdavs. Bu yerda ham favorit aniq — Zarina Nizomiddinova! Farruh Soipovda esa guruhdan chiquvchi ikkinchi yo'llanmani qo'lga kiritish uchun yetarlicha imkoniyatlar bor. Alexander Rybak hamda Firdavsning ishtirokidan esa sovg'alar kutib qolamiz.

C-GURUHI. Cristiano Ronaldo, Lionel Messi, Jonim, Katrina Kaif. Nazarimda bu guruhdan ikki futbolchi keyingi bosqich masalasini hal qilishadi. Qizlar esa guruhdan chiqishlari biroz qiyinroqdek ko'rinmoqda.

D-GURUHI. Shahzoda, Vera Brejneva, Kajol, Choi Seung-hyeon. D-guruhida Shahzoda favorit ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Faqat qizlardan tashkil topgan bu guruhda 2-o'rin uchun haqiqiy kurash kechsa ajab emas. Ko'ramiz, kim keyingi bosqichda ishtirok etishga loyiq ekan!

F-GURUHI. Lola, Shakira, Yodgor Mirzajonov, Kim Tae-hee. Mazkur guruhda albatta Lolaga teng keladigani yo'q. Guruhga atalgan ikkinchi yo'llanmani esa Shakira olsa hech kim ajablanmasa kerak. Yana kim biladi deysiz.

G-GURUHI. Rayhon, Dilnoza Kubaeva, Zamzama, Rihsitilla Abdullaev. G-guruhi bu safar boshqalariga qaraganda kuchliroq ko'rinmoqda. Rayhonning 4-chempionatda ko'rsatgan o'yinlari uni favoritlikda «ayblashimizga» sabab bo'lmoqda. Dilnoza Kubaeva hamda Zamzama esa 2-o'rin uchun kurash olib borsa ajab emas. Rihsitilla Abdullaevdan esa kutilmagan burilishni kutib qolamiz.

H-GURUHI. Shohruhxon, Samandar, Timur Kopadze, Zuhra Solieva. Bu guruhda Shohruhxon favorit. Qolgan 3 ishtirokchining kuchlari qanday ekanligini chempionat baxslarida aniqlab olamiz.

Eslatib o'tamiz, 5-chempionat o'yinlari yurtimiz mustaqilligining 21 yilligi nishonlanadigan kuni, ya'ni 1-sentyabrda boshlanadi.

«Photo Cup» loyihasining final uchrashuvida ishtirok etish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 267 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *