Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Apr, 2012

Finalda Hrithik Roshan va Gulchehra Eshonqulova!

Photo Cup2012 yilning eng shov-shuvli loyihasiga aylanib borayotgan «Photo Cup»ning 2-chempionati ham o'z yakuniga yetay deb qoldi. Bugungi kunga kelib, unda ishtirok etayotgan 32 nafar yulduzdan 2tasigina qoldi — Hrithik Roshan va Gulchehra Eshonqulova! Ertaga esa Bollivud yulduzi bilan, o'zbek kinosi yulduzi o'rtasidagi to'qnashuvga start beriladi.

Aslida, ushbu chempionat boshlanishi arafasida, bu ikki yulduzga mutlaqo ahamiyat berilmagan edi, desak noto'g'ri bo'lmasa kerak. Ular shunchaki oddiy ishtirokchi, hattoki autsayder deb hisoblanishgan edi. Biroq, chempionatning murakkab va mashaqqatli uzun yo'lidan har ikki yulduz ham matonat ko'rsatgan holda finalga qadar yetib kelishdi. Finalga qadar bosilgan yo'lda Hrithik Roshan 5ta g'alaba va 1tagina durrang natijani qayd etgan holda yetib kelgan bo'lsa, Gulchehra Eshonqulova biror marotaba mag'lubiyat nimaligini bilmaganligi e'tiborga molik holat. Agar ushbu statistikaga nazar soladigan bo'lsak, final o'yinida Gulchehra Eshonqulova g'oliblik uchun asosiy davogar hisoblanadi. Ammo, bu chempionatda har kimdan, har qanday natijani kutish mumkinligi yana bir bor o'z tasdig'ini topdi. Demak, oldindan fol ochishga hojat yo'q! Albatta, ushbu «foto-jang»da kuchli kim bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi!

PC Reytingda yarim final baxslaridan so'ng Gulchehra Eshonqulova yakkapeshqadamlikni o'rnatdi. Undan so'ng esa Shahzoda 2-o'rinda, Lola esa 3-o'rinda borishmoqda. Darvoqe, yana bir jihatga ahamiyat berishingizni so'rardik. 2-chempionatda chempion bo'lishga davogar, final o'yinida ishtirok etadigan Hrithik Roshan ham, Gulchehra Eshonqulova ham 3-chempionatda ishtirok etishmasligi ANIQ!!! Ulardan qay birlari g'olib bo'lishsada, 3-chempionat uchun bo'lib o'tgan, saralash o'yinlarida g'olib bo'la olishmaganligi sababli navbatdagi chempionatda shunchaki tomoshabin bo'lishligiga to'g'ri keladi!

Endi yarim finaldagi to'qnashuvlarga to'xtalib o'tamiz! Yarim finalda ham keskin kurashlarga duch keldik. har ikki juftlik ham teng kuchga ega ekanligini guvohi bo'ldik. Biroq, so'nggi daqiqalarda «Bojalar» guruhi Hrithik Roshanga, Lola esa Gulchehra Eshonqulovaga mag'lub bo'ldi.

Yarim Final
1

Bojalar
3638

Hrithik Roshan
2

Gulchehra Eshonqulova
3938

Lola

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *