Durbek, tavallud kun muborak!
SB.uz portalining jonkuyar ijodkorlaridan biri Durbek Shofayziyev 1988 yilning 15 aprel kuni tavallud topgan. Mana shu bugun Durbek 22 yoshni qarshi oldi.
Biz portal ijodiy jamoasi nomidan yosh ijodkorimiz Durbekni chin dildan muborakbod etamiz. Uning kelajakdagi ijodiga muvaffaqiyatlar yor bo'lishiga tilakdoshmiz. Hech qachon yuzidan tabassum, uyidan quvonch tark etmasin. Jamiyki o'ylagan eng ezgu tilaklari ro'yobga chiqishi tarafdorimiz. To'g'ri yo'ldan adashmasdan, faqat va faqat olg'a intilishini tilab qolamiz. Muxlislar o'z tilaklarini izoh tarzida yozib qoldirishlari va SMS orqali yo'llashlari mumkin.