Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Dek, 2006

DIQQAT! SENSATSIYA!!!

Foydalanuvchilar, muxlislar, do`stlar, qisqasi hamma-hamma!!! Ulkan hursandchilik bilan ma’lum qilmoqchiman:

«Shou-biznes Olamining BANKI qurilib foydalanishga topshirildi!!!«.

Nimaga u kerakligi haqida ushbu maqolani batafsil o`qib bilib oling.O’zbekistonda birinchi bor Internet Bank qurilib foydalanishga tushirildi.

«Pulingiz 0 sb» — ushbu yozuv orqali minglab desam adashmagan bo’laman, savollar keldi va nihoyat ushbu savolga javob: «Bu Sizning Portal Bankidagi mablag’ingiz»
U nima uchun kerak? — Shou-biznes OLAMI deb bekorga aytmaymiz, bu sb pul birligi Sizga mazkur Vertual Olamning yanada kengroq imkoniyatlaridan foydalanish uchun as qotadi.
Uni qanday qilib ko’paytirsa bo’ladi? - sb pul birligini ko’paytirish usullari bir necha xil, agar siz Toshkentda bo’lsangiz, usullar ko’proq, agar siz Toshkentdan tashqarida bo’lsangiz, unda siz boshqa Internet Pul tizimlaridan — Webmoney, E-Gold, Rupay kabilardan foydalanib sb hisob raqamingizni to’ldirishingiz mumkin.
Nimadan boshlashim zarur? — Portaldagi Shaxsiy sahifangizga kirib, «Mening Bankim» deb nomlangan yo’llanmani bosing. U yerda talab qilinayotgan arizani to’ldirib yuboring, shundan so’ng Bankir Sizning arizangizni tekshirib hisob raqam ochib beradi! Va siz o’z Bankingizga kirishingiz mumkin!
sb pul birligini nimalarga ishlatishim mumkin? - Bu savolga hozircha to’liq javob bera olmayman, lekin Sizni ishontirib aytamanki, yaqin 1 oy ichida rejalarimiz fantastik darajada katta ulardan ayrimlarini aytib o’taman, bularni amalda tadbiq etishga juda oz fursat qoldi:
- Eng yangi va mashhur filmlarni Portal orqali ko’rish;
- Yulduzlar bilan foydalanuvchilar orasida alohida-alohida shaxsiy muloqot uyushtirish;
- Eng yangi mp3 va kliplarga obuna bo’lib, ularning sifatli nusxalaridan foydalanish kabi hizmatlarni ishga qo’yish rejalashtirilmoqda. Aytishga imkonim bo’lmagan hizmatlar esa bulardan ham zo’r :)
Shuni aytib o’tish ham joiz, bu Bankni barpo etishda menga Portal java script programmisti Fuzayilov Qodir Arturovich yaqindan yordam berdi. Undan tashqari Mirtohir, Akicoolman, ASPero janoblari va Sanjar Abdug’anievlar uni tekshirib ishga tushirishda o’z hissalarini qo’shdilar.

Agar Portal banki bilan foydalanishda savollar yoki muammolar paydo bo’lsa, bevosita menga murojaat qilishingiz mumkin!

[S A V O L    B E R I S H ]

Murojaat uchun:
E-mail: rustam@sb.uz     ICQ: 462-532-831    Yahoo: sb_bankir


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *