Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Sen, 2006

Davron Ergashev on-lineda!!!

Davron Ergashev«Mario»ning bizning portalga tashrifi juda ham qiziq kechdi. Unga yo’llangan savollar soni keskin ravishda avvalgilaridan ziyod bo’ldi. 

Davron Ergashev muxlislarini qizitirgan barcha savollariga to’liq va aniq javob berdi. Bir soatlik on-line ochig’i Davron Ergashevga bir oz kamlik qildi. On-line chog’ida sevimli yulduzimiz hatto AQSHda istiqomat qilayotgan jiyani bilan ham muloqotda bo’ldi. Bu «Mario»ni hayratlantirmay qo’ymadi. 14-15-16-17 sentyabr kunlari «Xalqlar do’stligi» saroyida bo’ladigan yakkaxon konsert dasturi haqida negadir deyarli savollar berishmadi. Asosan shaxiy hayot va ijodidagi o’zgarish haqida savollar bilan murojaat etishdi. Har doimgidek jonli ijro ham bo’ldi. Boshqalardan farqli ravishda Davron maqom ijro etdi. Eng yaxshi savol sohibiga esa o’zining mahsus sovg’asini taqdim etishini ta’kidladi. Konsert ishlari bilan yodidan ko’tarilgan sovg’ani yaqin kunlarda bizga yetkazishga va’da berdi.
On-line anjuman chog’ida tushirilgan fotosuratlar

 


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *