Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«COOL» — dizayn studiyasidan yangi rasmiy sayt!
14 Sen, 2013

«COOL» — dizayn studiyasidan yangi rasmiy sayt!

Saida.uzUzoq muddatli tanaffusdan so’ng hamkorimiz «COOL» — dizayn studiyasi yana yangi saytlarni tashkil etishni boshladi. «Nega?», «Nima uchun?», «Nima bo’ldi?», — degan savollarga javob berib o’tirgandan ko’ra, eng muhimi yana «COOL» — dizayn studiyasi yangi rasmiy saytlarni tashkil etishda davom etayotganligini aytib o’tish o’rinli.

«COOL» — dizayn studiyasi SB.uz portali hamda «NVS» studiyasining hamkorlikdagi «PhotoMania» loyihasida ayol san’atkorlar uchun imij borasida ko’mak berib kelayotgan yana bir hamkorimiz professional stilist-vizajist Saida Karimovaning rasmiy saytini ham tashkil etdi. Ushbu saytga kirish uchun www.saida.uz manziliga tashrif buyurish kifoya. Sayt rus tilida tashkil etilgan bo’lib, saytdan stilist-vizajist Saida Karimovaning faoliyati haqida ma’lumotlar o’rin olgan. Turli soch turmaklari hamda makiyaj ko’rinishlarini ham mazkur saytga tashrif buyurib, tomosha qilishingiz mumkin. Agarda turmush qurayotgan qizlar bo’lsa, bemalol Saida Karimovaga murojaat etishlari mumkin. Aynan mana shu stilist-vizajist sizni hayotingizdagi eng baxtli, eng quvonchli va eng unutilmas kuningizda yanada chiroyli bo’lishingizga yordam beradi. Marhamat, yangi saytni qarshi oling!!!

Saida Karimovaning rasmiy saytiga tashrif buyurish uchun yo’llanma

Saida.uz


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 891 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *