Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Sen, 2007

«CHAT-LINE» ga mehmon nega kelmadi?

CHAT-LINESB.uz portali hamda www.CHAT.SB.uz hamkorligidagi «CHAT-LINE» loyihasini ishlab chiqqan edi. Shu davrgacha ushbu loyihamizga Oybek va Nigora hamda Akbar tashrif buyurdi. Avval xabar berganimizdek, shu haftada Otabek Mutalxo’jaev tashrif buyurishi va o’z muxlislari bilan on-line ravishda 1 soat davomida suhbat qurishi kerak edi. Lekin…

Qolaversa «yulduz» o’z muxlislari uchun biz tayinlagan vaqtda vaqt topa olmadi. Otabekning prodyuseri Feruza opaning takliflariga binoan, «CHAT-LINE» loyihasining vaqtini ertalabki 10:00dan 11:00gacha bo’lib o’tadi deb o’zgartirdik. Shunda ham 11 sentyabr kuni ertalab telefon orqali bog’langanimizda, kechirasizlar yana boshqa ishlar chiqib qoldi deb rad etishdi. Shuning uchun bugungi «CHAT-LINE» loyihasi amalga oshmadi.

Bu holni qanday izohlash kerak. Bu imkoniyat sizga qoldiriladi…


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *