Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Okt, 2006

"Bojalar"dan Jahongir ketmaydi!!!

Bojalar«Bojalar» bilan bo’lib o’tgan «REAL ON-LINE» ko’pchilikda katta taasurot qoldirdi. Shou-biznes olami portali muxlislarni YULDUZLAR bilan yanada yaqinroq qilmoqda!!! «REAL ON-LINE»ning navbatdagi mehmoni Anora… 

Avval «Bojalar» ishtirokida bo’lib o’tgan «REAL ON-LINE»ga to’xtalsak. Anjumanda ko’tarilgan mavzu «Bojalar»ni Jahongir tark etadimi yoki yo’qmi, degan savol edi. Bu savolga muxlislar aniq javob olishdi. Jahongir «Bojalar»dan ketmaydi! Shuningdek, «REAL ON-LINE»ga tashrif buyurgan muxlislar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga aniq va lo’nda, qandaydir yumorga aralashtirilgan javob olishdi. Anjuman so’ngida esa muxlislar guruh a’zolari hamda portalimiz sovg’alarini ham qo’lga kiritishdi.

Bizning navbatdagi mehmonimiz Anora! Nega endi Anora degan savol tug’ilishi mumkin. Chunki, yaqindagina portalimiz orqali ajoyib bir so’rovnoma o’tkazilgan edi. Anorani surati ko’rsatilib u kim ekanligi va qaysi qo’shig’iga klip suratga olinayotgani so’ralgan edi. Aynan mana shu savollarga aniq javobni esa shu kuni olishingiz mumkin bo’ladi. Aniq javob berganlarga esa Anora o’z sovg’alarini topshiradi.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *