Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Noy, 2009

«Bilasizmi»… yohud 20 daqiqa darsda o’tirgan xonanda!

Bilasizmi...1-raqamli portal SB.uz ning original loyihalaridan biri bo’lgan «Bilasizmi» loyihasi, ko’pchilikka manzur bo’lmoqda. Ushbu loyiha orqali siz san’atkorlarning eng so’nggi ma’lumotlaridan xabardor bo’lasiz. Demak birma — bir tanishtiramiz!

Ba’zilar san’atkor bo’lish uchun san’atga aloqador oliygohda o’qish kerak deyishsa, qolganlar tug’ma iqtidor ham bo’lishi kerak deyishadi. Ko’pchilik san’atkorlarimiz oliy ta’lim muassasalarida faqatgina hujjat uchun o’qishlari ma’lum bo’ldi. Bulardan biri Anvar Sobirov! Asli xorazmlik ushbu xonanda bir necha yil avval Toshkent Davlat Madaniyat institutiga qabul qilingan edi. Lekin darsga to’liq qatnashmaganligi uchun talabalar safidan chetlatilgandi. Lekin 2008 yildan yana 2 — kurs talabasi sifatida o’qishni boshladi. O’qish davrida biron marta ham darsga qatnashmadi. Ammo bu yil 3 — kurs talabasi sifatida tahsil olmoqda. Kuni kecha Anvar Sobirov qora PRADO rusumli avtomashinasida administratori bilan birgalikda institutga kelib, ilk marotaba darsda qatnashdi. Uni ustiga auditoriyada 20 daqiqagina o’tira oldi xolos… Bunday xonandalar bilan o’zbek san’ati qayergacha boradi? Bu birgina Anvar Sobirov misolida ko’rib chiqildi xolos. Darvoqe, Anvar Sobirovning kursdoshi bo’lgan Muzaffar Abduazimov esa umuman isntitut hududida o’zini ko’rsatmagan! Baho berish o’zingizdan aziz foydalanuvchi!
P.S.: Ushbu ma’lumot to’la faktlarga asoslangan holda yozilgan!
«Mahzun qo’shiqlari qiroli» Ulug’bek Rahmatullaev kuni kecha ko’k rangli Nexia avtomashinasini sotib, yangi qora rangli Chevrolet Lacetti, shuningdek, yosh iste’dodli xonanda Mirjamol ham, kulrang Nexia avtomashinasini sotib, Chevrolet Nexia 1,6 harid qildi.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *