Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Benom» ham yangi madhiya ijrochilaridan…
19 Fev, 2013

«Benom» ham yangi madhiya ijrochilaridan…

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniSB.uz portali o’zining yangi madhiyasini keng ommaga taqdim etishiga tobora oz fursat qolmoqda. Har kuni yangi madhiya ijrochilari bilan tanishtirib borar ekanmiz, bizni ham hayajon borgan sari kuchliroq o’z qo’liga olmoqda. Zero, yangi madhiyamizni aziz muxlislar qanday kutib olishi bizni juda-juda qiziqtirmoqda.

Demak, bugungi kunga qadar madhiyamizni ijro etayotgan yulduzlarimiz ro’yhati quyidagi ko’rinishga keldi. Ammo, bu hali hammasi emas. Hali yana bir qator mashhur yulduzlarimiz bor oldinda. Demak, hozirgacha nomlari oshkor etilgan yulduzlar bilan tanishamiz: Tohir Sodiqov, Samandar, Nilufar Usmonova, Rayhon, Ziyoda, Rashid Xoliqov va mana bugun «Benom» guruhi. Hali yana juda ko’p yulduzlarimiz yangi madhiyamiz ijrochilari bo’lishgan. Ular haqida har kuni portalimiz orqali ma’lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. Bizning bugungi yulduzlarimiz Sarvar va Komil. Ya’ni, «Benom» guruhi. Ular yangi madhiya yozish jarayoniga tashrif buyurishganda juda ham toliqqanligini kuzatish mumkin edi. Chunki, har kuni studiyada ovoz yozish ishlari va ijodiy yugur-yugurlar «Benom»chilarni xordiq olishga imkon bermayotgan ekan. Ammo, madhiyamizni ijro etish jarayonida o’zlarini toliqqanliklarini sezdirganlari yo’q.

 

SB.uz portalining yangi madhiyasiga oid ma’lumotlar:

Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov
Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi: Nodir Qo’chqorov
Matn muallifi: Rustam Bek
Musiqa muallifi: Rustam Bek va Sherzod Mardiev
Gitara ohangi: Nodir Toshxo’jaev
Studiya: «H.U.M.O Records»
Klip rejissori: Dilmurod Agzamov
Klip operatori: Izzat Lutfullaev
Grim ustasi: Doniyor Hakimov
Chiroqlar bo’yicha ko’makdosh: «MMM» video studiyasi
Fotosuratchi: Sardor Xasanov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 510 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *