Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Noy, 2008

«Bekajon» gazetasining yangi soni sotuvda!

Bekajon - Zamon bilan hamnafas!Mana bir necha oydan beri sevimli portalingiz SB.uz yurtimizning nomdor bosma nashrlaridan biri bo’lgan «Bekajon» gazetasi bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Bu albatta har ikkala tomon uchun yaxshi imkoniyatdir. «Bekajon» gazetasining har bir sonida eksklyuziv ma’lumotlarni havola etib kelmoqdamiz. «Bekajon» gazetasining juma 94-sonini o’tkazib yubormang!

«Samoviy ishq»dagi Cheng Ju bilan eksklyuziv suhbat, Andyning o’zbekistonlik shogirdi kimligini bilasizmi? Albatta SB.uz portali bilan hamkorlikda tayyorlangan «Kimda qanday imzo?»: Mashhurlarning original dastxatlari bilan tanishish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

Bekajon - Zamon bilan hamnafas!

Bekajon - Zamon bilan hamnafas!

Aytgancha, yana bir yangilikdan sizni xabardor qilsak (tahririyat a’zolari bizdan ranjimaydi degan umiddamiz). «Bekajon» gazetasining 28-noyabr 96-sonda Uyg’un Ro’ziyev qalamiga mansub ta’sirli sarguzashtlarga boy «Tog’lar iskanjasi» deb nomlangan asari chop etiladi. O’tkazib yubormang. Asar sizni befarq qoldirmaydi. Hozir esa e’tiboringizga asardan ayrim parchalarni havola etamiz:

Tog'lar iskanjasi

…U hozirgina tirik edi. To’rt muchasi sog’, ochilib-sochilib quvnoq voqealarni eslab kelayotgan edi. …Oyoqlarim ustida Bahodir yotgan ekan. Uning hammayog’i qontalash, ko’zlari esa osmonga tikilgancha qotib qolgan edi. Qanday hodisa yuz berganligini shunda angladim. Yuzimda nimadir qitiqlab oqar edi. Bilmadim, yoshmi, qonmi. Jiqqa qonga belangan kaftimni shimimga artib tozalasam, yana qip-qizil bo’yalib qolaverdi…


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 2 547 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *