Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Avg, 2006

Aziza Jonimdan keyin Nilufar Usmonova…

Aziza JonimBugun portalimizning ajoyib loyihasi bo’lmish on-line video anjumanda Aziza Jonim mehmon bo’ldi.

Aziza Jonim shu kungacha davom etayotgan odatga chek qo’ydi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Zero, shu kunga qadar tashrif buyurgan yulduzlarimizning hech biri kech qolmagan edi. Aziza Jonim esa 20 daqiqaga kech qolib ofisimizga tashrif buyurdi. Aslida biz on-lineni eng birinchi boshlashni rejalashtirgan paytlarimizda aynan shundan cho’chigan edik. Hamma birdek ma’lum yulduzlar ishi ko’p bo’lganligi uchun odatda aytilgan joyga kech borishadi. Xullas, Aziza Jonim yetib kelishi bilan on-line anjumanimizni boshlab yubordik va bizning savollarga javob berib bo’lganlaridan so’ng, muxlislar tomonidan yo’llangan savollarga ham birin-ketin javob berildi. Odatga ko’ra jonli ijro ham, ajoyib sovg’a ham bo’ldi. Sovg’ani ayni damda Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan Fotima va Zuhra ismli opa-singillar qo’lga kiritishdi. Ha aytgancha, Aziza Jonim eng yaxshi savol egasiga deb yumshoq o’yinchoq-ayiqcha olib kelgan ekan. Agarda on-line anjumanni tomosha qilishni istasangiz portalimizning har bir sahifasini tagida joylashgan «Bo’lib o’tgan anjumanni tomosha qilish» yo’llanmasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. Keyingi on-line esa Nilufar Usmonova bilan bo’lib o’tadi.
Fotosuratlarni ko’rish


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *