Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Iyul, 2012

4-Foto kubokka start berildi!!!

Photo CupXabaringiz bor 2012 yilning boshidan boshlab portalimiz yangi loyihani amalga oshirib kelmoqda. Unga ko'ra har 2 oy davomida fotosuratlar bo'yicha chempionat o'tkazilib, bir necha bosqichlik uchrashuvlardan so'ng g'olib fotosurat nomi aniqlanilmoqda. Shu kunga qadar 3ta chempion (Shahzoda, Gulchehra Eshonqulov va Lola) nomi aniq bo'ldi. Bugun navbatdagi, 4-chempionatga start berildi. Xo'sh, 32 nafar ishtirokchidan qay birining fotosurati g'olib chiqar ekan?

Bu savolga oydinlik kiritish albatta muxlislar zimmasiga yuklatilgan juda ham muhim topshiriq hisoblanadi. 2 oydan so'ng g'olib nomi ham aniq bo'ladi. Unga qadar esa biz sevimli yulduzlarimizning ajoyib fotosuratlariga ovoz berib boramiz. «Photo Cup» loyihasining rasmiy sayti orqali o'tkazilayotgan ovoz berish imkoniyatlari orasida, 5-chempionat uchun saralash o'yinlari ham boshlab yuborilgan. 5-chempionat esa sentyabr oyida start oladi. Unga qadar biz 4-chempion nomini aniqlab, 5-foto kubokda ishtirok etadigan yulduzlar nomini aniqlashimiz kerak bo'ladi. Darvoqe, 5-chempionat o'yinlariga saralash bosqichida muxlislar talablariga binoan korealik aktyor va aktrisalar ham saralash bosqichiga kiritildi. Agar saralashdan korealik yulduzlar o'ta olishsa chempionatda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

Endi 4-chempionat guruhlariga qisqa nazar tashlaymiz va o'zimizning tahminlarimizni bildirib o'tamiz.

A-GURUHI. Shahzoda, Oybek va Nigora, Lionel Messi, Inna. Demak, guruhda Shahzoda o'rin olganmi — bu degani guruh favoriti aniq! Bu guruhda kurash asosan 2-o'rin uchun kechsa ajab emas. Shahzodadan tashqari, bu guruhda Lionel Messining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Oybek va Nigora hamda Innaga esa faqat omad tilab qolamiz.

B-GURUHI. Zarina Nizomiddinova, Scarlett Johansson, Selena Gomez, Janna Friske. Bu guruhda ham favoritlarni nomini bemalol aytishimiz mumkin. Shubhasiz Zarina Nizomiddinova va Selena Gomez guruhning yaqqol favoritlari hisoblanishadi. Agarda 3-chempionatda Jahon aktrisalari yo'nalishidan chempionatda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritgan Selena Gomezning ishtirokini yodga oladigan bo'lsak, Jahon aktrisalari yo'nalishidan yana bir yo'llanmani qo'lga kiritib, 4-chempionatda ishtirok etayotgan Scarlett Johanssondan ham yaxshi o'yinni kuzatishga umid qilsa bo'ladi.

C-GURUHI. Shohruh, Sanjar Shodiev, Dima Bilan, Farruh Komilov. Faqat yigitlardan tashkil topgan mazkur guruhda asosiy favorit so'zsiz Shohruh hisoblanadi. Qolgan ishtirokchilar esa keyingi bosqich uchun 2-yo'llanma masalasini hal qilish uchun kurashishlari kutilmoqda. Bu chempionatdagi eng kuchsiz guruh aynan C guruhi ekanligini ham alohida aytib o'tish o'rinli bo'lsa kerak. Biroq, agarda 2-fotosuratlar chempionatini yodga oladigan bo'lsak, aynan eng kuchsiz deb hisoblangan guruh ishtirokchilarining 2 nafari yarim finalga qadar yetib borgan va yakunda ulardan biri (Gulchehra Eshonqulova) chempionlik unvonini o'zlashtirib olgan edi. Demak, bu guruh ishtirokchilarini ham juda kuchsiz, deyishimiz bir tarafdan noo'rin bo'lishi mumkin.

D-GURUHI. Rayhon, Brad Pitt, Adiz Rajabov, Maksim. D-guruhida Rayhon va Adiz Rajabov qolgan ikki ishtirokchiga nisbatan kuchliroq hisoblanishsada, guruh bosqichi yakunida kim keyingi bosqich ishtirokchisiga aylanishini aytish mushkul. Bu guruhda kuchlar deyarli teng. Natijalarni esa guruh bosqichi tugagach bilib olamiz.

E-GURUHI. Cristiano Ronaldo, Pussycat Dolls, Shahzoda Matchonova, Shahzoda Muhammedova. Aslida bu chempionatda «o'lim guruhi» deb biror guruhni atash mushkulku, biroq aynan E guruhi boshqa guruhlarga qaraganda anchayin murakkab guruh hisoblanmoqda. Zero, bu guruhdan Cristiano Ronaldo va Shahzoda Matchonova o'rin olgan. O'zbek aktrisalari yo'nalishidan chempionatda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan yana bir Shahzoda (Muhammedova) esa o'z guruhdoshlariga yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi, degan fikrni bildirishimiz mumkin.

F-GURUHI. Munisa Rizaeva, Oydin Yusupova, Alisher Uzoqov, Alexander Geynrikh. F guruhida 1 va 2-o'rinni egallashga asosiy davogarlar Munisa Rizaeva hamda Alisher Uzoqov hisoblanishadi. Oydin Yusupova bilan Alexander Geynrikh esa ularga munosib qarshilik ko'rsatish uchun harakat qilishlari kutilmoqda.

G-GURUHI. Shohruhxon, Penelope Cruz, Necati Sasmaz, Xo'ja. Ushbu guruhdan Shohruhxon qiyinchiliklarsiz keyingi bosqichga chiqishini tahmin qilish mumkin. Penelope Cruz va Necati Sasmaz esa 2-o'rin uchun kurash olib borsalar ajab emas. Xo'ja guruhi esa biror kutilmagan natija ko'rsatmasa uni autsayder deb hisoblashga majbur bo'lamiz.

H-GURUHI. Lola, Nilufar Usmonova, Sardor Rahimxon, Odil Ahmedov. Bu guruhda so'zsiz amaldagi chempion Lolani favorit deb atashimiz mumkin. O'zbek estradasi ayol xonandalari yo'nalishida Ziyodaga imkoniyat qoldirmay chempionatda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan Nilufar Usmonovani esa 2-o'rin uchun kechadigan o'yinlarda Sardor Rahimxon va Odil Ahmedovlarga qarshi jiddiy kurashlar kutib turibdi.

«Photo Cup» loyihasining 4-chempionatida ovoz berish uchun yo'llanma

«Photo Cup» loyihasining 5-chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *