Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Iyul, 2012

4-chempion nomi uchun kurash davom etmoqda!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasi davom etmoqda. Ayni damda ushbu loyihaning 4-chempionati guruh bosqichi o'z yakuniga yetdi. Unga ko'ra 16ta ishtirokchi chempionatni tark etdi. Ular orasida kutilmaganda Lionel Messi, Shahzoda Matchonova va Shohruhni ham uchratish mumkin. Aslida bu ikki nomzod o'tgan chempionatlarda juda ham ajoyib natijalarni ko'rastib barchani e'tiborini tortganligi yodingizda bo'lsa kerak.

Biroq, omad har doim ham bir shaxsga boqavermas ekan. Xo'sh, yana kimlar chempionatni erta tark etdi-yu, kimlar chempionlik uchun kurashda davom etmoqda? Bu savolga hoziroq javob olamiz.

A-GURUHI. Kutilmaganda Oybek va Nigora ushbu guruhda birinchilikni qo'lga kiritib, guruhdan keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Xuddi Oybek va Nigora singari 6 ochkoni qo'lga kiritgan 1-fotosuratlar chempionati g'olibasi Shahzoda esa A-guruhining 2-yo'llanmasiga egalik qildi. Buni qarangki, guruhda yana bir ishtirokchi 6 ochkoni qo'lga kiritib, guruhda qolib ketdi. Bu ishtirokchi xorij estradasi maftunkor xonandalaridan biri Inna edi. Lionel Messi esa barchani hayratga solgan holda birorta ham ochko to'play olmasdan guruhni 0 ochko bilan yakunladi.

B-GURUHI. Bu guruhda avvaldan tahmin qilingan Zarina Nizomiddinova hamda Selena Gomezlar chempionatning keyingi bosqichiga yo'l oldilar. Bu safar Selenaga anchayin qiyin bo'ldi, ya'ni u faqatgina 3 ochkoni qo'lga kiritgan holda ovozlar nisbati yuqori bo'lganligi sababli keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Scarlett Johansson va Janna Friske esa Selena singari 3 ochkoni jamg'argan bo'lsalarda guruhda qolib ketishlariga to'g'ri keldi.

C-GURUHI. Dima Bilan hamda Farruh Komilov C guruhining g'oliblariga aylanishdi. Ayniqsa Dima Bilandan hech kim 9 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishini kutmagan bo'lsa kerak. Faqat erkaklardan tashkil topgan bu guruhda Shohruh hamda Sanjar Shodievlar qolib ketdilar.

D-GURUHI. D guruhida Rayhon nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib, 9 ochkoni o'ziniki qilib oldi va birinchi bo'lib nimchorak final masalasini hal qildi. Brad Pitt esa 6 ochko bilan guruhni 2-yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Maksim hamda Adiz Rajabov chempionatni erta tark etganlar ro'yhatini bezab turishibdi xolos.

E-GURUHI. Bu guruhda Shahzoda Muhammedova barchani shokka tushirib, birinchi o'rinni egalladi. Albatta, 3ta g'alaba va 9 ochko bilan! Aslida bu kabi natija so'nggi o'rinni egallagan Shahzoda Matchonovadan kutilar edi. Cristiano Ronaldo guruhdagi yagona erkak ishtirokchi edi va u hech bo'lmasa 2-o'rin bilan nimchorak final masalasini hal etdi. Pussycat Dolls qizlari esa 3-o'rinni egallagan holda turnirni Shahzoda Matchonova bilan birga tark etishdi.

F-GURUHI. Oydin Yusupova F guruhida o'zbek aktrislariga xos g'alabalar ketma-ketligini namoyish etdi va 9-ochko bilan keyingi bosqichga chiqdi. 2-o'rin esa Alisher Uzoqovga nasib etdi. Munisa Rizaeva va Alexander Geynrikh 4-fotosuratlar chempionatini tark etishdi.

G-GURUHI. Bu guruhda Shohruhxon 9-ochko bilan, Penelope Cruz esa 6 ochko bilan nimchorak ishtirokchisiga aylanishdi. Necati Sasmaz va Xo'ja guruhi esa 3-4-o'rinlarni egallagancha chempionatni erta tark etdilar.

H-GURUHI. So'nggi guruhdan o'rin olgan 3-fotosuratlar chempionati g'olibasi Lola esa hech kimga imkoniyat qoldirmay 9 ochkoni o'zlashtirib oldi. Nilufar Usmonova esa 6 ochko bilan nimchorakda o'z kuchini sinash uchun yo'l oldi. Bu Nilufar Usmonova uchun birinchi chempionat hisoblanadi. Sardor Rahimxon va Odil Ahmedov esa afsuski chempionat bilan hayrlashishdi.

Nimchorak final to'qnashuvlari bilan tanishish uchun yo'llanma

PC Reytingning hozirgi holati bilan tanishish uchun yo'llanma

 

So'nggi o'yinlar natijalari
3028
277
2322
2814
2021
1320
4827
1817
2420
2521
2021
209
2120
1918
2421
1712

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 480 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *