Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 May, 2012

3-Fotosuratlar chempionatiga start berildi!

Photo CupBugun 2012 yilning 1 may kunida «Photo Cup» loyihasining navbatdagi, 3-chempionatiga start berildi. 32 nafar yurtimiz va xorij yulduzlarining eng sara fotosuratlari ishtirok etadigan ushbu foto-kubok baxslarida bu chempionat mutlaqo o'zgacha o'tishi tahmin qilinmoqda. Haqiqiy kurashlar boshlandi, deb bemalol aytishimiz mumkin!

Bu chempionatda ishtirok etadigan yulduzlarning har biri nomdor, qolaversa har birining eng sara fotosuratlari ishtirok etmoqda. Ularning deyarli har birlari chempionlikka asosiy davogar. Ayniqsa, Shahzoda, Lola, Ziyoda, Selena Gomez, Kareena Kapoor, Jennifer Lopez, Shahzoda Matchonova, Shohruhxon, Shohruh kabi yulduzlarning imkoniyatlari ancha yuqori baholanmoqda. Zero, ularning fotosuratlari 3-foto kubok baxslarida asosiy favoritlar qatorida ko'rilmoqda.
3-Fotosuratlar Chempionatida har bir guruhda yetakchi o'yinchilar bor, har biri o'ziga yarasha kuch-qudratga ega. Ammo, ularning ichida A-guruhining «o'lim guruhi» deb baholasak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, faqat ayol yulduzlardan tashkil topgan ushbu guruhda kurash ancha shiddatli kechishi kutilmoqda. Shahzoda, Jennifer Lopez, Aishwarya Rai hamda Gulnora Qosimova A-guruhi vakillari hisoblanishadi. Shu ismlarning o'zi barchasini aytib turibdi. Har qanday chempionatda favoritlar bo'lgani kabi, autsayderlar ham bo'ladi. Albatta bu chempionatda ham shunday autsayderlarni uchratishimiz mumkin. Ularni qatoriga Tarkan, t.A.T.u guruhi, Marka-Z guruhi, Eminem va shu kabi bir qator ishtirokchilarni qo'shishimiz mumkin. Bu albatta tahminiy xulosa. Barchasi aynan uchrashuvlar davomida ma'lum bo'ladi. Har qanday autsayder ham chempion bo'lishi mumkin. Buni biz 2-fotosuratlar chempionatida ham guvohi bo'ldik. Gulchehra Eshonqulova autsayder hisoblangan bo'lsada, yakunda u chempion degan nomga sazovor bo'ldi. Demak, barchada birdek imkoniyat bor.
3-chempionat o'yinlari bilan bir qatorda bugundan e'tiboran 4-chempionat uchun saralash o'yinlari ham boshlab yuborilgan. Mazkur saralash bosqichidan boshlab, endilikda chempionatga chiquvchi ishtirokchilar biroz o'zgacha aniqlanadi. Ya'ni, yarimtalik o'rinlar ham o'yin qoidalariga tadbiq qilingan bo'lib, unda chempionatga chiquvchi yo'nalishlar ishtirokchilari chempionat final o'yinlarida ishtirok etish uchun chiqib borishlari biroz murakkablashadi. Quyida sizlarga yo'nalishlar va ularning bugungi kundagi reyting balli, shuningdek ular uchun ajratilgan yo'llanmalar soni ko'rsatilgan.

Yo'nalish                              PC Reyting balli      Yo'llanma soni
Jahon estradasi ayol xonandalari         0.2                      2.5
Jahon estradasi erkak xonandalari       0.2                      1.5
Jahon kinosi aktrisalari                       0.6                      3.5
Jahon kinosi aktyorlari                        0.5                      2.5
O'zbek estradasi ayol xonandalari        0.7                      4.5
O'zbek estradasi erkak xonandalari     0.4                      3.5
O'zbek kinosi aktrisalari                      0.7                      3.5
O'zbek kinosi aktyorlari                       0.5                     3.5
Jahon futboli yulduzlari                       0.2                      2.5
O'zbek futboli yulduzlari                      0.2                      1.5
Jahon estradasi guruhlari                    0.1                       1
O'zbek estradasi guruhlari                   0.2                       2

3-fotosuratlar chempionati guruhlari bilan tanishish uchun yo'llanma

3-fotosuratlar chempionatida ovoz berish va ishtirok etish uchun yo'llanma

4-fotosuratlar chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *