Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 May, 2012

3-Foto kubokning ilk tur natijalari!

Photo CupJuda ham qisqa fursat ichida «Photo Cup» loyihasi mana 3-chempionatni ham o'tkazmoqda. 2 oy davom etayotgan har bir chempionat qiziqarli uchrashuvlarga boy bo'lmoqda. 3-chempionatning 1-turida ham kurashlar jiddiy kechdi. Shahzoda mag'lub bo'ldi, Rayhon durrangga imzo chekdi. Ziyoda g'olib chiqdi! Murosasiz kurashlar haqida batafsil ma'lumot beramiz endi.

Demak, «Photo Cup» loyihasining 3-chempionati, 1-tur o'yinlariga bag'ishlangan maqolani boshlab ham oldik. Ushbu tur, umuman olgan ushbu chempionat juda ham qiziqarli va keskin to'qnashuvlarga boy ekanligi bilan barchani diqqatini tortishi aniq. Birinchi turning o'zi bizning gapimizga tasdiq vazifasini o'tashi mumkin.

A — GURUHI. Shahzoda va Jennifer Lopez uchrashuvi turning markazi uchrashuvi bo'ldi, deb bemalol aytasak bo'ladi. Chunki, o'yin avvalidan kim g'olib bo'lishini tahmin qilish juda mushkul edi. Buni uddasidan esa Jennifer Lopez chiqa oldi. 29 — 32 natijasi Jennifer Lopez foydasiga hal bo'ldi.
Qizlardan tashkil topgan A — guruhining ikkinchi juftligida Aishwarya Rai hamda Gulnora Qosimova kurash olib bordi. Bu yerda ham «foto-jang» teng kurashlar ostida o'tdi. Yakuniy natija esa bizning aktrisamiz hisobiga hal bo'ldi: 24 — 25.

B — GURUHI. Ilk juftlik yana ayollardan iborat: Jessica Alba va Vera Brejneva. Ikkisi ham maftunkor. Durrangga juda yaqin turgan mazkur uchrashuvdan Gollivud yulduzining qo'li baland keldi. Vera Brejneva esa qimmatli ochkolardan mahrum bo'ldi.
Taniqli aktyorimiz Adiz Rajabov esa 1-turda O'zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan to'qnash keldi. Lekin, u yutqazishni istamadi, yutqazmadi. Natija esa do'stona munosabatlarni mustahkamlaydigan durrang ko'rinishda yakun topdi.

C — GURUHI. Munisa Rizaeva hamda Marka-Z guruhining to'qnashuvida ikki taraf muxlislari o'z sevimli yulduzlarini imkon darajasida qo'llab-quvvatlashdi. Qo'llab-quvvatlash borasida Munisa Rizaevaning muxlislari uddaburonroq chiqib qolishdi. «Marka-Z» guruhi yigitlari esa keyingi uchrashuvlarda o'z omadlarini sinab ko'rishlariga to'g'ri keladi.
Rayhon va Justin Timberlake C — guruhining navbatdagi juftligini tashkil qilishdi. Rayhon 1-turda g'alaba qozonish uchun juda yaqin turgandi. Ammo, so'nggi paytda Justin Timberlake ham yutqazish niyati yo'q ekanligini ko'rsatdi. Natijada esa durrangga imzo chekildi.

D — GURUHI. Lola va Davr guruhi D — guruhida ilk uchrashuvni bir-birlariga qarshi o'tkazishdi. Xabaringiz bor, 2-chempionat baxslarida Lola chempionlikka asosiy davogar bo'lib qolgan bir paytda, kutilmaganda Gulchehra Eshoqulovaga yutqazib qo'ygan edi. Ana endi 3-chempionatda esa u chempionlikni qo'lga kiritish uchun jiddiy kurashga kirishganligini tahmin qilish qiyin emas. Fikrimiz tasdig'ini Davr guruhi ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba ham tasdiqlab turibdi.
D — guruhining keyingi juftligida Lionel Messi hamda Leonardo Di Caprio o'zaro kurash olib borishdi. Har ikki yulduz ham o'z sohasining yetakchisi ekanligini mazkur to'qnashuv natijasi ham aytib turibdi. 25 — 25 hisobi har ikkisini ham qoniqtirdi shekilli natija shunday yakun topdi.

E — GURUHI. Aslida A — guruhi o'lim guruhi, deb tahmin qilinayotgan bo'lsada, E — guruhi ham undan qolishmasligini aytish o'rinli. Bu guruhdan o'rin olgan Ziyoda hamda Selena Gomez 3-chempionat baxslarida chempionlik uchun asosiy davogarlardan hisoblanishmoqda. Fikrimizga tasdiq sifatida Farruh Soipov hamda Selena Gomez o'rtasidagi uchrashuvda Selenaning qo'li baland kelganligi va ikkinchi uchrashuv Ziyoda — Tarkan to'qnashuvidagi Ziyodaning g'olib chiqishini ko'rsatish mumkin. 2-turda Selena Gomez hamda Ziyoda o'zaro baxs olib borishlarini hisobga oladigan bo'lsak, 2-turning eng asosiy to'qnashuvi mana shu bo'lishi ham mumkin.

F — GURUHI. Bu guruhdan joy olgan Zarina Nizomiddinova 1-turda Cristiano Ronaldo bilan to'qnash keldi. Keskin kurashlar ostida o'tgan «foto-jang»dan har ikki ishtirokchi ham «eson-omon» durrang natija bilan chiqib olishdi.
F — guruhidan o'rin olgan Ulug'bek Qodirov esa Rossiyaning maftunkor xonanda Alsu bilan kurash olib bordi. Bu uchrashuvda Alsuning qo'li baland, keldi deyishdan ko'ra ko'proq. Ulug'bek Qodirov ayollarni qanday hurmat qilish kerakligini ko'rsatib berdi, desak chiroyliroq chiqsa kerak.

G — GURUHI. Mana 3-chempionatdirki chempionlik uchun asosiy davogarlar safida Shahzoda Matchonova bor, Uning zafarli yurishlari esa bu chempionatda so'nggi nuqtagacha borarmikin, degan savol barchani birdek qiziqtiradi. Hozircha futbolimiz yulduzi Server Jeparov ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba Shahzoda Matchonova muxlislarini quvontirib turibdi.
Ikkinchi uchrashuv sababchilari Ulug'bek Rahmatullaev hamda Bollivud malikalaridan biri hisoblanmish Kareena Kapoor bo'lishdi. Kurashlar keskin, murosasiz kechdi. So'nggi turga qadar g'olib bo'lishga yaqin turgan Kareena Kapoor so'nggi lahzada durrangga rozilik berishga majbur bo'ldi.

H — GURUHI. Bu so'nggi guruh. Bu guruhdagi uchrashuvlarning birinchisi Shohruhxon hamda t.A.T.u guruhi o'rtasida kechdi. Yakuniy natija Shohruhxon foydasiga 33 — 23 hisobi bilan yakun topdi.
Shohruh va Eminem. Ikki rep qiroli o'rtasidagi haqiqiy «foto-jang»! Agarda «Photo Cup» loyihasini xorijlik hamkasblarimiz o'ylab topgan bo'lganlarida Eminem g'olib chiqishi mumkin edi. Biroq, yurtimizda Shohruhning muxlislari ko'proq ekanligini shu uchrashuv natijasi ham aytib turibdi. Shohruh 26 — 22 Eminem.

1-tur yakunidan so'ng «PC Reyting»da ham o'zgarishlar kuzatildi. Bu o'zgarishlar bilan quyida keltirilgan yo'llanmalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

«PC Reyting» natijalari bilan tanishish uchun yo'llanma

3-Fotosuratlar chempionati 1-tur natijalari bilan tanishish uchun yo'llanma

 

1 — tur
A guruhi
(A guruhi)

Shahzoda
2932

Jennifer Lopez
A guruhi
(A guruhi)

Aishwarya Rai
2425

Gulnora Qosimova
B guruhi
(B guruhi)

Jessica Alba
3231

Vera Brejneva
B guruhi
(B guruhi)

Adiz Rajabov
2727

Ozodbek Nazarbekov
C guruhi
(C guruhi)

Munisa Rizaeva
2821

Marka-Z
C guruhi
(C guruhi)

Rayhon
3232

Justin Timberlake
D guruhi
(D guruhi)

Lola
3629

Davr
D guruhi
(D guruhi)

Lionel Messi
2525

Leonardo Di Caprio
E guruhi
(E guruhi)

Farruh Soipov
2129

Selena Gomez
E guruhi
(E guruhi)

Ziyoda
3224

Tarkan
F guruhi
(F guruhi)

Zarina Nizomiddinova
3131

Cristiano Ronaldo
F guruhi
(F guruhi)

Ulug'bek Qodirov
2627

Alsu
G guruhi
(G guruhi)

Shahzoda Matchonova
4021

Server Djeparov
G guruhi
(G guruhi)

Ulug'bek Rahmatullaev
2727

Kareena Kapoor
H guruhi
(H guruhi)

Shohruhxon
3323

t.A.T.u
H guruhi
(H guruhi)

Shohruh
2622

Eminem

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *