Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Apr, 2012

3-Foto Kubok uchun 2-bosqich saralash o'yinlari boshlandi!

Saralash o'yinlari«Photo Cup» loyihasi tobora rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Uning har bir ishtirokichisi ham shaxsan mazkur loyihaga o'z e'tiborini qaratmoqda. Undagi keskin to'qnashuvlar, yulduzlarning ijoddan tashqaridagi «foto-janglari» ham qizg'in tus olmoqda. Albatta, bu loyiha natijasi o'laroq, kelajakda san'atkorlarning fotosuratlari tobora chiroyli va original tusga kirsa ajab emas.

Demak, biz Fotosuratlar Chempionati haqida ma'lumotlar berishda davom etamiz. Hozirda «Photo Cup» loyihasining 2-chempionat o'yinlari bo'lib o'tayotgan bo'lsada, 3-chempionat uchun tayyorgarlik va saralash o'yinlari ham bo'lib o'tmoqda. 3-fotosuratlar kubogi uchun saralash o'yinlarining 2-bosqichi ham kechadan start oldi. Chempionatda ishtirok etayotgan 32 nafar yurtimiz va jahon yulduzlarining eng sara fotosuratlari mazkur bosqichda har biridan 5tadan fotosurat bilan ishtirok etadi va mana shu 5tadan fotosuratdan faqatgina 1tasi chempionatda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Demak, 3-chempionat uchun saralash bosqichida ishtirok etishga oshiqamiz.

Yana bir ma'lumot, bu orada «Photo Cup» loyihasida ilk bor online tizimda qur'a tashlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Ushbu imkoniyatdan faqatgina omadli 31 nafar foydalanuvchi foydalana oldi xolos. Zero, 32ta ishtirokchini 8ta savatchadan o'z guruhlariga joylashtirish uchun aynan 31 nafar foydalanuvchining yordam kerak edi. Bu online tizimdagi qur'a tashlash uslubi nafaqat bizning loyihada, balki butun o'zbek internet olamida ham ilk bor o'tkazilayotgan bo'lsa ajab emas. Nima bo'lgan taqdirda ham, ishtirokchilar o'z guruhlarini topib oldilar va bu guruhlar haqida keyin batafsil yana to'xtalib o'tamiz.

Keyingi yangiligimiz ham sizni quvontirmay qolmaydi. Endilikda «Photo Cup» loyihasi muxlislari har bir o'yin haqida o'zaro fikrlari bilan o'yin bo'lib o'tayotgan sahifada qatnashishlari ham mumkin. Har bir o'yinga doir fikrlar, ikki yulduzning muxlislari o'rtasidagi qizg'in baxs-munozaralarni shu yerda o'qishingiz va bevosita siz ham o'z fikringiz bilan o'rtoqlashishingiz mumkin.

Loyihamizning rasmiy sayti — www.photocup.sb.uz saytidan ro'yhatdan o'tgan har bir foydalanuvchi bugundan e'tiboran o'z fotosuratlarini shaxsiy sahifalariga joylash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ya'ni, avatar ko'rinishida. Bu kabi keng imkoniyatlarni bizga taqdim etgan loyiha programmisti Umidjon Ahmedjonovga alohida minnatdorchiligimizni bildirgan holda undan yaqin kelajakda yanada kengroq imkoniyatlarni kutib qolishimizni bildiramiz.

3-fotosuratlar chempionati uchun 2-saralash bosqichiga tashrif buyurish


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *