Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Apr, 2012

3-Chempionat ishtirokchilari aniq bo'ldi!

Saralash o'yinlari«Photo Cup» loyihasining 2-Fotosuratlar Chempionati ayni qizg'in pallaga kirganda 3-Chempionatda ishtirok etadigan yulduzlar nomlari ham aniqlandi. Bu kunni kutgan muxlislar ham talaygina topiladi. Ana endi navbatdagi foto kubokda kimlar baxslashishini bilib olamiz. Darvoqe, ayni damda o'tayotgan 2-chempionatda ilk chempionat g'olibasi va finalchisi hisoblanadigan ikki yulduzimiz Shahzoda hamda Shahzoda Matchonova turnirni tark etishdi!

2-Chempionatning nimchorak final uchrashuvlari haqida ertaga so'z yuritamiz, hozircha esa saralash baxslariga e'tiboringizni qaratamiz. Ayni damda 3-chempionat uchun saralash o'yinlarining birinchi bosqichi o'z nihoyasiga yetdi va unda 12 yo'nalish bo'yicha ishtirok etadigan yulduzlar so'rovnoma orqali aniqlanib olindi. Endi esa ularning eng sara 5ta fotosuratidan chempionatda ishtirok etishga loyiq hisoblanadigan asosiy fotosurat tanlab olinadi. Mazkur chempionatdan boshlab endilikda har bir ishtirokchi chempionatda qaysi guruhda ishtirok etishini aynan siz muxlislar hal qilasiz. Buning uchun «Photo Cup» loyihasi texnik direktori Umidjon Ahmedjonov tomonidan maxsus dastur ishlab chiqilgan bo'lib, uni www.photocup.sb.uz loyihasida qo'llaniladi. Siz ushbu loyihani kuzatishda davom eting va yaqin orada yulduzlar o'rin olgan savatchalar bilan tanishasiz. Endi esa yaqinlashib kelayotgan 3-foto kubok baxslarida ishtirok etadigan yulduzlarimiz ro'yhati bilan tanishib chiqamiz:

Jahon estradasi ayol xonandalari:
Alsu, Vera Brejneva, Jennifer Lopez

Jahon estradasi erkak xonandalari:
Eminem, Tarkan

Jahon kinosi aktrisalari:
Selena Gomez, Kareena Kapoor, Jessica Alba, Aishwarya Rai

Jahon kinosi aktyorlari:
Leonardo Di Caprio, Justin Timberlake

O'zbek estradasi ayol xonandalari:
Munisa Rizaeva, Lola, Rayhon, Shahzoda, Ziyoda

O'zbek estradasi erkak xonandalari:
Shohruh, Ozodbek Nazarbekov, Shohruhxon, Ulug'bek Rahmatullaev

O'zbek kinosi aktrisalari:
Shahzoda Matchonova, Zarina Nizomiddinova, Gulnora Qosimova

O'zbek kinosi aktyorlari:
Adiz Rajabov, Farruh Soipov, Ulug'bek Qodirov

Jahon futboli yulduzlari:
Cristiano Ronaldo, Lionel Messi

O'zbek futboli yulduzlari:
Server Jeparov

Jahon estradasi guruhlari:
t.A.T.u

O'zbek estradasi guruhlari:
Davr, Marka-Z


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *