Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Apr, 2012

2ta Shahzoda chorak finalga chiqa olmadi!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasida 2-Fotosuratlar chempionati davom etmoqda. Va hozirda ushbu chempionatning nimchorak final baxslari o'z yakuniga yetib, chorak final o'yinlari ham boshlanishga tayyor turibdi. Demak, nimchorak haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Ushbu turdagi eng qiziqarli va kutilmagan holatlar haqida so'z yuritar ekanmiz, Shahzoda Matchonova hamda Shahzoda chorak finalga yo'l ola olmaganligini aytib o'tish joiz. Bu chempionatning boshqa ishtirokchilariga katta imkoniyatlar eshigi ochildi deganidir.
Nimchorak finalning birinchi juftligida Alisher Uzoqov va «Bojalar» guruhi o'zaro to'qnash kelishdi. Bu uchrashuvning muhimligi shunda ediki, ushbu ishtirokchilar chempionat nimchorak finalida o'zbek kinosi akytorlari va o'zbek estradasi guruhlari yo'nalishlarining sharafini himoya qilayotgan so'nggi vakillar hisoblanishar edi. O'yin ham shunga mos teng kurashlar ostida kechdi, hatto qo'shimcha kun ham qo'shib berishga to'g'ri keldi. Natijada «Bojalar» guruhi g'oliblikni o'ziniki qilib oldi.
2-juftlikda Gulchehra Eshonqulova va Iker Casillaslar o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuvdan avval ko'pchilik muxlislarimiz Gulchehraning g'alabasini tahmin qilishgan edi. Shunday ham bo'ldi. Hisob 74:58. Chorak finalga Gulchehra Eshonqulova yo'l oldi.
3-juftlikda esa umuman kutilmagan natija sodir bo'ldi. O'zbek kinosi aktrisalarining mashhur vakilasi, PC Reytingda 2-o'rinni egallab turgan Shahzoda Matchonova kutilmaganda Ignatiy Nesterovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu natija esa ba'zi bir muxlislarimizga yoqmagani tayin. Chunki tahmin qilingan balldan ayrilish oson emas. O'zbek futboli yulduzi esa haqiqiy kashfiyot sifatida chorak finalga yo'l oldi.
4-juftlikda o'zaro to'qnash kelgan Ziyoda va Alizeelar o'rtasidagi uchrashuvda Ziyodaning qo'li baland keldi va u ham chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Messi va Angelina Jolie. 2-Photo Cup chempionati kashfiyotlaridan biri Lionel Messi Angelina ustidan g'alaba qozondi va u ham chorak finalga yo'l oldi.
6-juftlikda o'zaro teng kuchli raqiblar to'qnashuvi sodir bo'ldi. Munisa Rizaeva va Shohruh. Uchrashuvdan oldin hech kim aniq tahmin qilolmasdi kim g'alaba qozonishini. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda oxir oqibat Shohruh g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
7-juftlik. Hritik Roshan va Tohir Sodiqovlar o'rtasidagi to'qnashuv ham teng kurashlar ostida bo'lgan bo'lsada baribir, Hritik Roshan Tohir Sodiqov ustidan g'alaba qozona oldi. Endi u chorak finalda nimchorak final shov-shuvli natijasini qayd etgan Ignatiy Nesterov bilan to'qnashadi.
Va nihoyat so'nggi juftlik. Bu to'qnashuvga finaldan oldingi final sifati ta'rif berilayotgan edi. Shahzoda — Lola. Ortiqcha ta'rifning xojati yo'q. O'zbek estradasining ikki mashhur yulduzi 1-Photo Cup chempionatida guruh baxslarida ham uchrashishgan va o'shanda Shahzodaning qo'li baland kelgan edi. Bugun o'sha mag'lubiyat alami olindi va Lola chorak finalga yo'l oldi. Demak e'tibor qiling, 1-chempionat finalchilari 2-chi chempionatda chorak finalga ham chiqa olishmadi. Endi yangi chempionni kutib qolamiz.

Endi chorak final o'yinlari haqida qisqacha: Chorak final o'yinlari ham qizg'in kurashlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Chorak finalning markaziy uchrashuvi sifatida biz Ziyoda — Lola to'qnashuvini keltirishimiz mumkin. Demak, chorak final o'yinlari ro'yhati bilan tanishining:
1.    Bojalar — Messi
2.    Gulchehra Eshonqulova — Shohruh
3.    Ignatiy Nesterov — Hritik Roshan
4.    Ziyoda — Lola

Ushbu uchrashuvlar 2012 yil 4 apreldan start oladi. Chempionni aniqlash uchun o'z ovozingiz bilan ishtirok eting!

«Photo Cup» loyihasi rasmiy saytiga tashrif buyurish uchun yo'llanma

Nimchorak final natijalari
6465
7458
111116
6040
6040
6065
7775
109115

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *