Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Yan, 2009

2009 yilda qaysi yulduzning sayti tashkil qilinadi?!

Ohirgi paytlarda internet tarmog’i hayotimiz mazmuni bo’lib qoldi. Ko’plab estradamizning vakillari ham ushbu o’rgimchak to’riga qiziqishlari juda yuqori. 2008 yilda «COOL»-dizayn studiyasi tomonidan ko’plab taniqli yulduzlarimizning shaxsiy saytlari tashkil qilindi. Bunga misol qilib, Xojiakbar, Iroda Nosirova, Zebo, Anvar G’aniev va Ilhom Farmonovlarning saytini aytib o’tishimiz mumkin. Kirib kelgan 2009 yilda qaysi o’zbek estrada yulduzlarining sayti tashkil qilinadi?

2009 yilda ham ko’plab yulduzlarimiz o’zlarining shaxsiy saytlarini ishga tushirishni oldilariga maqsad qilganlar. O’zbek estradasining mega yulduzi Tohir Sodiqov, barcha yaratgan taronalari va musiqalari o’zining originalligi bilan ajralib turadigan xonanda va bastakor Jakhongir.uz, qizlarning yoqimtoy xonandasi Yodgor Mirzajonov, xonanda Samir, yosh repper Botir, 2007 yilda «M&TVA 2007 Awards» taqdimot marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» nominatsiyalari g’olibi va shu yili «Nihol» mukofoti sovrindori Ulug’bek Rahmatullaev, xonanda Alisher Rahmatullaevlarni misol tariqasida keltirib o’tishimiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *