Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Mart, 2012

2-Fotosuratlar chempionatining 2-turi ham yakuniga yetdi!

Photo CupPortalimizning orginal loyihalaridan biri hisoblanadigan «Photo Cup» loyihasida 2-chempionat baxslari bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. Mana shu chempionatning guruh baxslari 2-tur o'yinlari ham o'z nihoyasiga yetdi. Biroq, buni qarangki 1-chempionat g'olibasi Shahzoda ayni damda 6 ochko bilan o'z guruhida peshqadam bo'lib turgan bo'lsada nimchorak finalda ishtirok eta olmasligi mumkin.

Ammo, Shahzoda keyingi bosqich masalasini hal qila olmasligi juda ham qiyin masala. Buning uchun qolgan ishtirokchilarni misli ko'rilmagan darajada erishadigan g'alabalari lozim bo'ladi. Demak, 2-foto chempionatning 2-turiga oid ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
2-turni o'zidayoq nimchorak final masalasini hal qilib qo'ygan yulduzlar haqida hozir bilib olasiz. Demak, B — guruhida Shahzoda Matchonova nimchorak finalda ishtirok etish yo'llanmasini birinchi bo'lib qo'lga kiritdi. Tabriklaymiz! F — guruhida Munisa Rizaeva hamda Angelina Jolie bir xilda 6 ochkodan jamg'argan holda keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'yishgan. 3-tur o'yinlari bu ikki ishtirokchi uchun deyarli keraksiz o'yinlar hisoblanadi, degan fikrni aytmagan bo'lardik. Zero, 3-turning eng muhim o'yini aynan mana shu ikki yulduz o'rtasida kechadigan ko'rinadi. G — guruhida esa Ziyoda favorit ekanligini amalda isbotlab berdi va nimchorak final baxslarida ishtirok etadigan bo'ldi.
Endi esa guruh bosqichlaridan chiqa olmasligi aniq bo'lgan ishtirokchilarga nazar tashlaymiz. B — guruhida 3ta qizning orasiga tushib qolgan Dima Bilan o'zini yoqotib qo'ydi shekilli, mutlaqo kurasha olmay qoldi. Natijada esa chempionatni guruh baxslarining o'zidayoq yakunlashiga to'g'ri kelmoqda. Afsuski shunga o'xshash holatni C — guruhida ham kuzatishimiz mumkin. U yerda Sogdiana 3ta erkak yulduzlar orasiga tushib qoldi. Biroq, ming harakat qilishmasin Sogdiananing muxlislari baribir uni keyingi bosqichga chiqishiga yordam bera olishmadi. D — guruhidan o'rin olgan Otabek Mutalxo'jaev ham nimchorak finalda ishtirok etolmaydi. F — guruhida Ruhshona va Avraam Russo, Munisa Rizaeva hamda Angelina Jolielarning g'alabalaridan so'ng hech qanday imkoniyatsiz qolib ketdilar. Ularni ham keyingi bosqichda ko'rmaymiz endi. G — guruhida Nyusha ham omadsizlikka yuz tutdi. O'tgan chempionatdagi g'alabali damlar endi unga begonadek. To'liq natijarlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

2-Fotosuratlar chempionatidagi hozirgi paytdagi turnir jadvali bilan tanishish uchun yo'llanma

2 — tur
A guruhi
(A guruhi)

Alisher Uzoqov
4339

Iker Casillas
A guruhi
(A guruhi)

Emma Watson
2625

Bobur Yo'ldoshev
B guruhi
(B guruhi)

Shahzoda Matchonova
5018

Alizee
B guruhi
(B guruhi)

Dima Bilan
2628

Preity Zinta
C guruhi
(C guruhi)

Shohruhxon
5748

Sogdiana
C guruhi
(C guruhi)

Shoxrux
3333

Lionel Messi
D guruhi
(D guruhi)

Lola
6742

Otabek Mutalxo'jaev
D guruhi
(D guruhi)

Murod Rajabov
2929

Hrithik Roshan
E guruhi
(E guruhi)

Rani Mukherjee
3027

Backstreet Boys
E guruhi
(E guruhi)

Shahzoda
5810

Tohir Sodiqov
F guruhi
(F guruhi)

Angelina Jolie
3028

Ruhshona
F guruhi
(F guruhi)

Munisa Rizaeva
5512

Avraam Russo
G guruhi
(G guruhi)

Ziyoda
2928

Ignatiy Nesterov
G guruhi
(G guruhi)

Nyusha
2425

Asal Shodieva
H guruhi
(H guruhi)

Johnny Depp
3031

Bojalar
H guruhi
(H guruhi)

Gulchehra Eshonqulova
2928

Oybek va Nigora

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 240 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *