Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Mart, 2012

2-Fotosuratlar chempionati ilk tur natijalari…

Photo Cup«Photo Cup» loyihasi tobora muxlislat e'tibor markaziga tushib bormoqda. Mana bugun 2-fotosuratlar chempionatining ilk tur natijalari ham o'z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan 32 nafar fotosuratdan qay birlari g'olib chiqdi va yana qaysilari mag'lubiyatga uchradi? Bu kabi savollarning barchasiga hoziroq javob topishingiz mumkin. Marhamat!

Demak, 2 bor o'tkazilayotgan fotosuratlar chempionatining guruh bosqichi, 1 tur o'yinlari ham o'z yakuniga yetdi. Natijalar esa ma'lum bo'ldi. Keling avvalo, ilk tur yakuniga ko'ra kimlar eng ko'p ovoz to'plaganligini bilib olsak. Kutilmaganda Alizee ilk tur yakunlariga ko'ra eng ko'p ovoz olgan fotosuratlar reytingini 83ta ovoz bilan boshqarib bormoqda. 82ta ovoz olgan O'zbekiston Xalq artisti Murod Rajabov esa ikkinchi o'rinni o'ziniki qilib olgan. Yoshlarning sevimli xonandasi Tohir Sodiqov esa 79ta ovoz to'plagan holda 3-o'rinni zabt etgan. Xullas, eng ko'p ovoz olgan fotosuratlar 3taligi shulardan iborat.
Endi o'yinlarga nazar tashlaymiz.
A guruhi
da Alisher Uzoqov Bobur Yo'ldoshevdan ustun keldi. Bu guruhning ikkinchi juftligida esa Emma Watson Iker Casillasga mag'lubiyatga uchradi.
B guruhida esa 1-chempionat finalchisi Shahzoda Matchonova hind aktrisasi Preity Zinta ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Avvalgi chempionat baxslarida nimchorak finalga qadar ishonchli o'yin ko'rsatgan Dima Bilan bu safar fransuz xonandasi Alizeeni yenga olmadi.
C guruhidan o'rin olgan sevimli xonandamiz Shohruhxon esa Lionel Messi bilan tenglashishga qanchalik urinmasin, bari befoyda bo'ldi. Natijada Messi g'olib chiqdi. Aynan mana shu C guruhi muxlislar tomonidan o'lim guruhi deb topilgan edi. Guruhning yana bir juftligi Shoxrux hamda Sogdiana o'rtasidagi o'yinda esa Sogdiana qanchalik maftunkor bo'lmasin yutqazib qo'ydi.
D guruhida ham keskin to'qnashuvlar yetarli bo'ldi. Masalan, Lola va Hrithik Roshan tur so'ngiga qadar kurash olib bordilar. Biroq, Lola Hrithik Roshanni mag'lub eta olmadi. Ushbu loyihada eng yoshi ulug' ishtirokchi Murod Rajabov ko'pchilik tomonidan g'olib bo'lishiga ishonch bildirilmayotgan edi. Biroq, xonanda Otabek Mutalxo'jaev ustoz san'atkorga bas kela olmadi.
E guruhi uchrashuvlarida Rani Mukherjee muxlislari Tohir Sodiqov muxlislari oldida hech narsa qila olishmadi. Ilk chempionimiz Shahzoda u bilan har qanday ishtirokchi tushsada g'olib chiqishiga ko'pchilikning ishonchi komil edi. Shunday ham bo'ldi, guruh autsayderi deb baholanayotgan Backstreet Boys guruhi Shahzodaga bas kela olmadi.
F guruhida birinchi fotosuratlar chempionati yarim finalchisi Angelina Jolie bir amallab Avraam Russo ustidan g'alaba qozondi. Kutilmaganda Avraam Angelinaga katta qiyinchiliklar tug'dirdi. F guruhidan o'rin olgan Munisa Rizaeva 2-fotosuratlar chempionati yangiligi bo'lishi kutilayotgan edi. U o'ziga bildirilgan ishonchni oqlagan holda Ruhshona ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
G guruhida Ziyoda hamda Asal Shodieva o'rtasidagi shiddatli baxs 41 — 39 natijasi bilan Ziyoda foydasiga hal bo'ldi. Ko'rib turibmizki, bu yerda ham anchayin qiyin o'yin kechgan. G guruhida favoritlar qatoriga kiritilayotgan Nyusha Ignatiy Nesterov ustidan g'alaba qozona olmadi.
H guruhi vakili gollivud yulduzi Johnny Depp o'zbek estradasining ajoyib juftligi Oybek va Nigora ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Gulchehra Eshonqulova ham chempionatda bekorga ishtirok etmayotganligini ko'rsatgan holda Bojalarni mag'lubiyatga uchratdi.

Quyida 1-tur natijalari bilan yanada to'liqroq tanishib olishingiz mumkin:

«Photo Cup» loyihasi saytida tur natijalari bilan tanishish uchun yo'llanma

«Photo Cup» loyihasining rasmiy saytiga o'tish

 

1 — tur
A guruhi
(A guruhi)

Alisher Uzoqov
7813

Bobur Yo'ldoshev
A guruhi
(A guruhi)

Emma Watson
3167

Iker Casillas
B guruhi
(B guruhi)

Shahzoda Matchonova
7533

Preity Zinta
B guruhi
(B guruhi)

Dima Bilan
4283

Alizee
C guruhi
(C guruhi)

Shohruhxon
6073

Lionel Messi
C guruhi
(C guruhi)

Shoxrux
7451

Sogdiana
D guruhi
(D guruhi)

Lola
6774

Hrithik Roshan
D guruhi
(D guruhi)

Murod Rajabov
8213

Otabek Mutalxo'jaev
E guruhi
(E guruhi)

Rani Mukherjee
2979

Tohir Sodiqov
E guruhi
(E guruhi)

Shahzoda
7515

Backstreet Boys
F guruhi
(F guruhi)

Angelina Jolie
3937

Avraam Russo
F guruhi
(F guruhi)

Munisa Rizaeva
7722

Ruhshona
G guruhi
(G guruhi)

Ziyoda
4139

Asal Shodieva
G guruhi
(G guruhi)

Nyusha
2559

Ignatiy Nesterov
H guruhi
(H guruhi)

Johnny Depp
5036

Oybek va Nigora
H guruhi
(H guruhi)

Gulchehra Eshonqulova
6820

Bojalar

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 117 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *