Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Fev, 2012

2-chempionat ishtirokchilari savatchalarga ajratildi!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasining 2-chempionat ishtirokchilari savatchalarga ajratildi. Yaqin kunlarda mana shu savatchalardagi ishtirokchilar qur'a tashlash yo'li bilan guruhlarga taqsimlanadi. Xo'sh, qaysi yulduz qaysi savatchadan o'rin egalladi? Kim favorit-u, kim autsayder?

Bu savollarga hozir birma-bir javob topishingiz mumkin. 12ta yo'nalishdan saralash baxslaridan o'tib 2-chempionatga o'ta olgan ishtirokchilar 4ta savatchadan o'rin olgan bo'lib, ular qur'a tashlangach, 8ta guruhga bo'linib, chempionat o'yinlarini boshlaydilar. Ayni damda 2-chempionatda ishtirok etadigan yulduzlar nomi aniq bo'lgan bo'lsada, saralash o'yinlari davom etmoqda. Yana bir bor eslatib o'tamiz, saralash o'yinlarining ushbu 2-bosqichida chempionatda ishtirok etuvchi yulduzlarning 5tadan fotosurati chempionatda ishtirok etish huquqi uchun kurash olib boradi. Bu ham qaysidir ma'noda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
Loyiha ijodkorlari «Photo Cup» loyihasi yanada qiziqarliroq, shiddatliroq va e'tiborliroq bo'lishi uchun barcha imkoniyatlarini solgan holda, loyihaning rasmiy sayti uchun yangidan-yangi modullar, bloklar tuzib chiqmoqdalar. Kuni kecha http://photocup.sb.uz saytida «PC Reyting» bloki va sahifasi ishga tushdi. «PC Reyting» — ma'nosi «Photo Cup» Reytingi degan ma'noni anglatadi. Ushbu reyting jadvalida siz «Photo Cup» loyihasida ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarning (yulduzlarning) butun loyiha davomida to'plagan umumiy balllari qiymatini kuzatib borishingiz mumkin. Bu jadval har bir ishtirokchining barcha o'yinlardagi natijasi, har bir o'tkazgan uchrashuvlari, ya'ni saralash o'yinlari, chempionatdagi ishtiroklari, o'z yo'nalishlarining reytingi ham hisobga olingan holda avtomatik ravishda, http://photocup.sb.uz loyihasining maxsus ishlab chiqilgan dasturi asosida aniqlanadi. «Photo Cup» loyihasining har bir chempionati uchun saralash bosqichidan so'ng tuzib chiqiladigan savatchalar ham aynan mana shu reyting natijasiga ko'ra tuzib chiqiladi. Bu degani, loyiha tobora mukammallashib, haqiqiy chempionat nomiga loyiq ekanligini ko'rsatayapti deganidir.
Demak, yuqorida aytganimizdek, savatchalardan o'rin egallagan yulduzlar ro'yhati bilan tanishamiz. Ishtirokchilar guruhlarga ajratilganda har bir savatchadan faqatgina bittadan ishtirokchi bir guruhga tushishi mumkin. Ya'ni, bir guruhga bir savatchadan o'rin egallagan 2ta ishtirokchi tushmaydi. Faqatgina bittadan ishtirokchi tushadi. 1-savatchadan o'rin egallagan ishtirokchilar favorit hisoblanishadi. O'z o'zidan 2-3-savatchadagi ishtirokchilar ulardan pastroq reytingga ega bo'lganlar hisoblanishadi. 4-savatchadan esa autsayderlar o'rin egallagan desak, mubolag'a bo'lmasa kerak. Marhamat, savatchalar bilan tanishing!

«Photo Cup» loyihasi rasmiy saytiga tashrif buyurish uchun yo'llanma

1-savat

Shahzoda Matchonova
Shahzoda
Angelina Jolie
Lola
Alisher Uzoqov
Ziyoda
Shohruhxon
Johnny Depp

2-savat

Dima Bilan
Nyusha
Munisa Rizayeva
Shohruh
Gulchehra Eshonqulova
Rani Mukherjee
Murod Rajabov
Emma Watson

3-savat

Backstreet Boys
Asal Shodieva
Hrithik Roshan
Lionel Messi
Bobur Yo'ldoshev
Preity Zinta
Oybek va Nigora
Avraam Russo

4-savat

Sogdiana
Tohir Sodiqov
Ruhshona
Bojalar
Ignatiy Nesterov
Alizee
Otabek Mutalxo'jaev
Iker Casillas


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 768 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *