Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Iyun, 2006

"Zumrad" — yangi kinokartina!

ZumradTaniqli kinorejissor Bahrom Yoqubov yana yangi film ustida ish boshladi. Bahrom Yoqubovning har bir filmini tomosha qilgan kinotomoshabin bu rejissor asosan muammoli, dolzarb mavzularni ko’tarib chiqishini biladi. U o’z an’anasiga sodiq qolgan holda navbatdagi filmida ham o’ziga hos muammoli mavzuni ekranlashtirishga qaror qilgan.

Film ijodiy guruhning anchagina fikr-mulohazalari va
tortishuvlaridan so’ng «Zumrad» deya nomlandi. ZumradZumrad ismini eshitib, ko’pchilikning ko’z oldiga o’sha «Zumrad va Qimmat» ertagi va endagi qahramon kelishi tabiiy. Shunday tasavvurga borganlar ham qaysidir ma’noda adashmagan ekanligini aytib o’tishimiz mumkin. Yo’q, siz o’ylamang kinorejissor «Zumrad va Qimmat» ertagini yangicha talqinini yaratayotgan ekan, - deb. Bu nom faqatgina ramziy ma’noda olingan. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, yangi yaratilajak filmning qahramoni Zumradning o’z otasiga (u o’zining haqiqiy otasi bo’lmasada) bo’lgan mehribonligidan kelib chiqib qo’yilgan. Shu yerda film haqidagi fikrimizni to’xtatsakda filmning tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot bersak.
Ayni kunda filmning bosh qahramoni Zumrad obraziga kinosinovlar bo’lib o’tmoqda. Kinosinovda o’zini sinab ko’rish uchun bir qator estradamiz yulduzlari-yu, aktrisalarimiz ishtirok etishmoqda. ZumradJumladan, Roksana, Yayra, Zarina Nizomiddinova, Gulchehra Eshonqulova, Parizoda Ehonxo’jaeva va boshqalar. rejissorning o’zi esa bosh rolda Sogdianani ko’rayotganligini ta’kidlamoqda. Biroq, Sogdiana hozir Toshkentda emas. Bahrom Yoqubovning esa kutishga vaqti kam. Demak, kim bosh rolga tasdiqlanishi hozircha noma’lum. Saytimizni kuzating va kim bosh rolga tasdiqlanidan eng birinchi xabar toping.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *