Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Mart, 2007

"Zumrad va Qimmat"da Shahzoda!!!

ShahzodaTaniqli kinorejissor Bahrom Yoqubovni ko’pchilik «tragik rejissor» sifatida e’tirof etishar edi. Biroq, u ham «HAPPY END» film yarata olishini, va haqiqiy «HAPPY END» qanday bo’lishini ana endi ko’rsatib qo’yishga tayyor!

«Zumrad va Qimmat»… ha kinorejissor Bahrom Yoqubovning yangi kinoasari ana shunday nomlanadi. Savollar ketma-ketligi esa ana endi boshlanadi…

Savollar boshlanishiga qadar sizga ba’zi ma’lumotlarni yetkazib qo’yamiz. Aka-uka Grimmlarning «Zolushka» asari motivlari asosida Bahrom Yoqubov, Erkin Xushvaqtov hamda Valeriy Gusevlar «Zumrad va Qimmat» badiiy filmining adabiy scenariysini yozishdi.
Filmda ishtirok etish uchun aktyorlar kinosinovi ham bo’lib o’tdi. Unda bosh rollarni ijro etishga Shahzoda, Dilnoza Kubaeva, Zilola Ahmadbekova hamda Adiz Rajabovlar g’olib chiqishdi. Shuningdek, filmda Nodira Mahmudova, Afraz Sulaymonov, Yayra Abdullaeva, Fathulla Ma’sudov, Mirza Azizov, Zuhra Ashurova kabi aktyor v aktrisalar ishtirok etadigan bo’ldilar.
Film ijodiy guruhi quyidgicha ko’rinish oldi:
Bosh rejissor - Bahrom Yoqubov
Bosh operator — Tal’at Mansurov
Kartina direktori — Xotam Hamroev
Ikkinchi rejissor — Mavluda Azmetova
Eslatib o’tamiz film ijodkorlari bunga qadar «Sarvinoz», «Baxt uchun million», »Fotima va Zuhra», «Romeo va Jul’etta» hamda «Sug’diyona» kabi hit filmlarni yaratgan.

Film haqida batafsil ma’lumotlar yaqin kunlarda…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 96 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *