Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Avg, 2007

«Zumrad va Qimmat» prem’erasi…

Zumrad va Qimmat prem'erasiO’zbek kinosi olamida katta yangilik — «Zumrad va Qimmat» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi. Kinorejissor Bahrom Yoqubovning yangi kinokartinasi «bravo» so’zlari ila olqishlar bilan qarshi olindi.

Bahrom Yoqubovning har bir filmi taqdimotida taklifnomalar talash bo’lishi va kinozalda bo’sh joy umuman topib bo’lmasligi odatiy holga aylangan. Bu uning professional rejissorligidan darak bersa ajab emas. Avvalgi filmlari prem’erasi singari bu film prem’erasida ham bo’sh joy topib olish mushkul edi. Yana o’sha odatiy hol, film ijodkorlarini kinorejissor tashrif buyurganlarga tanishtirdi va film namoyishi boshlandi.
«Zumrad va Qimmat» kartinasi Bahrom Yoqubov ijodiy yo’lida birinchi «happy end» film hisoblanadi. Shu kunga qadar ishlangan filmlarning barchasida fojiaviy sahnalar bo’lgan edi. Bunisida esa biz unday sahnalarga guvoh bo’lmaymiz. Film yakuni ham ko’ngildagidek natija bilan tugaydi. O’zbek xalqining «Zumrad va Qimmat» ertagi va jahonda tan olingan «Zolushka» ertagidan qaysidir bir elementlar olingan mazkur filmda asosan ayollarning ichki kechinmalari hikoya qilinadi. Opa-singilning o’zaro munosabatlari hayotiy tarzda ko’rsatib berilgan. O’gay ona va o’gay opalarning kamsitishlariga chidab keladigan Zumrad o’z shahzodasini topishiga ishonadi va kuni kelib u o’z hayolot olamidagi shahzodasini topadi…

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Zumrad va Qimmat prem'erasi

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 126 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *