Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Avg, 2007

«Zumrad va Qimmat» katta ekranda!!!

Bahrom Yoqubovning navbatdagi rejissorlik filmi bo’lmish, «Zumrad va Qimmat» kinokartinasi haqida siz yetarlicha ma’lumotga egasiz. Ushbu film melodrama janrida olingan bo’lib, tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Eng asosiysi filmda ko’pchilik juda ham sog’ingan Shahzoda bosh qahramon obrazini talqin etgan!Shuningdek, kartinada Dilnoza Kubaeva, Yayra Abdullaeva, Zilola Ahmadbekova (debyut), Nodira Mahmudova, Oybek Rixsibekov va boshqalarning ijrosini ham ko’rish mumkin. Film uchun maxsus ikki soundtrek ijro etilgan va ularni maftunkor Shahzoda ijro etgan. Va nihoyat «Zumrad va Qimmat» filmi katta ekranda! 18 avgustdan e’tiboran Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida hamda Kinochilar uyida film namoyishi boshlanadi. Prem’era esa 17 avgust kuni Kinochilar uyida bo’lib o’tadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 192 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *