Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Avg, 2006

"Zumrad" endi "Sug’diyona"!!!

Taniqli kinorejissor Bahrom Yoqubov suratga olayotgan film nomi o’zgardi. Nima sababdan?

Bu savolga javob topish maqsadida biz rejissor bilan bog’landik. Bahrom Yoqubov bergan ma’lumotiga ko’ra «Zumrad» bu filmning ishchi nomi bo’lgan. «Sug’diyona» deb film nomini o’zgartirilishi kinokartinaning scenariysiga ham to’g'ri keladi. Film mazmuni haqida hozircha to’xtalib o’tmaymiz. Lekin, shuni ma’lum qilishimiz mumkinki, filmda Sogdiana bosh rolni ijro etadi va u bilan juftlikda Farruh Soyipovni ko’rishingiz mumkin. Sogdiananing bu kinokartinalardagi ilk bosh roli, u o’z rolini a’lo darajada uddalashiga shubha yo’q.  Shuni alohida ta’kidlab o’tish o’rinli, film bu yilning eng kutilgan kinoasariga aylanadi. Zero, bugungi o’zbek kinoindustriyasida yetakchi hisoblangan Bahrom Yoqubovning filmida butun MDH davlatlarida anchagina tanilib qolgan Sogdiana bosh tolni ijro etmoqda! Bu filmga nafaqat O’zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham qiziqish juda katta. Hatto film haqida Rossiyaning bir qator mashhur saytlari hamda jurnal va gazetalarida maqolalar chiqib ham bo’ldi. Film haqidagi eng qaynoq ma’lumotlarni aynan bizning portal orqali bilib borishingiz mumkin. Hozircha esa kinosinovda tushirilgan fotosuratdan eksklyuziv tarzda bahramand bo’ling!

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *