Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Zarina Nizomiddinova turmushga chiqmoqda!(-mi?)
15 Yan, 2014

Zarina Nizomiddinova turmushga chiqmoqda!(-mi?)

ZarinaNizomiddinova01So’nggi paytlarda taniqli aktrisa Zarina Nizomiddinova turmushga chiqayotganligi haqidagi mish-mishlar tobora avj olmoqda. Aktrisaning ijodidanda ko’ra, hozirgi kunda shaxsiy hayoti muxlislarni ko’proq e’tibor markazida turibdi. Biz ham bu mish-mishlar haqida to’xtalib o’tishga qaror qildik.

Yaqindagina xorij davlatidan dam olish safaridan qaytgan aktrisa shaxsiy hayotida katta burilish yasash niyatida ekanligidan xabar topishimiz bilanoq Zarina bilan bog’lanishga qaror qildik. Biroq, Zarina bilan bog’lanishga qanchalik urunmaylik, u bilan aloqaga chiqa olmadik. Lekin, Zarina Nizomiddinovaning yaqin tanishlaridan biri bizga to’y haqida bilganlarini aytib berdi. Ma’lumotlarga qaraganda Zarina turk millatiga mansub bir tadbirkor yigitga turmushga chiqmoqda. Ularning nikoh to’ylari 30-yanvar kuni shahrimizning ko’rkam restoranlarining birida bo’lib o’tishi kutilmoqda. Bu ma’lumotlarni bizga yetkazgan inson o’zi haqida ma’lum qilmasligimizni so’rab qoldi. Nima bo’lganda ham Zarinaga biz faqat va faqat oilaviy baxt va shirin hayot tilab qolamiz!!! Yaqinlashayotgan nikoh to’yingiz muborak bo’lsin, Zarina!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 048 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *