Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Zarina Nizomiddinova «7 olam»da?!!
15 Fev, 2015

Zarina Nizomiddinova «7 olam»da?!!

7 olamTaniqli kinoaktrisa Zarina Nizomiddinova so’nggi paytlarda suratga olinayotgan kinokartinalarda ko’rinish bermayotgan edi. Mana va nihoyat tez orada Zarinani yana katta ekranlarda ko’rishingiz mumkin bo’ladi. «7 olam» deb nomlangan yangi fantastik komediyada Zarina Nizomiddinova bosh rolni talqin etmoqda.

Mazkur kinokartinada Zarina Nizomiddinova bilan bir qatorda Muhammadiso Abdulhayirov, Alisher Usmonov, Murod Rajabov, Umid Iskandarov, Sitora Alimjonova, Rajab Adashev, Sanjar Shodiev, Zuhra Solieva, Aziza Begmatova kabi mashhur aktyor va aktrisalar ham ajoyib rollarni talqin etishmoqda. Film rejissori Ozod Shams, operator Anvar Adilov. Ayni kunlarda suratga olish ishlari bo’lib o’tayotgan «7 olam» filmi «Yondiradi kuydiradi», «O Maryam, Maryam», «Farhod va Shirin» filmlari prodyuseri tomonidan taqdim etilmoqda. Filmning suratga olish ishlari Toshkent shahrida bo’lib o’tmoqda. Shuningdek, film uchun maxsus dekoratsiya ham qurilgan. Bugun biz mazkur filmni suratga olish jarayoniga tashrif buyurib, bir qator fotosuratlarga tushirdik.

Quyida siz azizlar uchun filmni suratga olish jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 3 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *