Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Zamonaviy sovchilar 3» prem’erasidan reportaj!!!
18 Yan, 2014

«Zamonaviy sovchilar 3» prem’erasidan reportaj!!!

Zamonaviy sovchilar 3Komediya janridagi filmlari bilan e’tibor qozongan rejissor Javlon Shodmonov 2014-yilning 17-yanvar sanasida o’zining navbatdagi kinokomediyasini keng ommaga taqdim etdi. «Zamonaviy sovchilar» filmining 1 va 2-qismlarini tomosha qilgan har bir kinotomoshabin mazkur filmning 3-qismiga ham qiziqishi tabiiy.

Bugun 18-yanvardan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyishi boshlangan «Zamonaviy sovchilar 3″ kinokomediyasi hammaning diqqatini tortishi shubhasiz. Film voqealarini kuzatar ekansiz, endilikda Shavkat boyni uylantirish uchun Shavkat boyning singlisi hamda uning qo’shnisi, Shavkat boyga juda ham o’xshab ketadigan Sobirning zamonaviy sovchilikka yurishini ko’rishingiz mumkin. Qiziqarli voqealar rivojiga qurilgan mazkur filmni tomosha qilib, mazza qilib xordiq chiqarishingiz mumkin. Film prem’erasida boshlovchilik vazifasi so’z ustasi Shukrullo Isroilovga topshirilgan bo’lsa, film namoyishidan avval sahnaga «Ummon» guruhi, «Comedy.uz» rezidentlari, Munisa Rizaeva hamda Ruhshona chiqib, kelgan tomoshabinlarga o’z ijod namunalarini namoyish etishdi, qo’shiqlar kuylab berishdi. So’nggi kinoijodkorlar bilan tanishtirilib, film namoyishi bo’lib o’tdi. Quyida siz azizlarga SB.uz portali uchun hamkorimiz mohir fotosuratchi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan suratga tushirilgan bir qator fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Zamonaviy sovchilar 3

G'ayrat Video


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 389 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *