Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Yan, 2014

«Zamonaviy sovchilar 3»: 17-yanvarda prem’era!!!

Zamonaviy sovchilarO’zbekona yumorga boy filmlari bilan hammani ko’ngliga yo’l topa olayotgan rejissor Javlon Shodmonovdan yana bir yangi kinokomediya tayyor bo’ldi. Avval xabar berganimizdek, Javlon Shodmonov «Zamonaviy sovchilar» filmining navbatdagi qismini ham suratga tushirdi.

«Zamonaviy sovchilar» filmining ilk qismi katta ekranlarga chiqqanda tomoshabinlar juda ham yaxshi qarshi olishgan edi. Mazkur filmning ikkinchi qismi esa nazarimda birinchisidanda qiziqarliroq suratga olingan. Xo’sh, kinoijodkorlarning navbatdagi urunishida endi «Zamonaviy sovchilar 3″ filmi qanday chiqdi ekan? Bu savolga javob topishimizga juda ham oz qoldi. «Zamonaviy sovchilar 3″ kinokomediyasida endi Shavkatboyga sovchilikka yurilar ekan? Bunisiga nima deysiz endi? Qiziq-a? Taniqli aktyor Muhammadiso Abdulhayirov o’ziga yuklatilgan rolni juda qoyilmaqom tarzda ijro etishini yaxshi bilamiz. Ushbu filmda ham Muhammadisoning aktyorlik qobiliyatini yana bir bor baholashimiz mumkin bo’ladi. Demak, 17-yanvar kuni «Zamonaviy sovchilar 3″ filmining prem’erasi bo’lib o’tadi. 18-yanvardan esa Toshkent shahrining barcha kinoteatrlarida namoyish etila boshlaydi. Albatta tomosha qiling!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 332 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *