Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yurak yig’lar»ni sog’inganlar uchun yana ekranlarda!!!
20 Yan, 2015

«Yurak yig’lar»ni sog’inganlar uchun yana ekranlarda!!!

Yurak yig'lar

2014-yilning eng ommabop kinokartinalaridan biri hisoblangan «Yurak yig’lar» kinokartinasini ko’rib ulgurmaganlar uchun yana takroran katta ekranlarda namoyish etiladi. Mazkur kinokartinaga bo’lgan qiziqish juda katta bo’lganligi sababli, tomoshabinlar talabiga binoan takroran namoyishi boshlanmoqda.

«Yurak yig’lar» — mazkur kinokartina darhaqiqat juda ham yuqori darajada suratga olingan film, deb bemalol aytishimiz mumkin. Shaxsan men uchun o’zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan eng zo’r kartinalardan biri hisoblanadi. Muhabbat nima ekanligini bilmaganlar, uni quvonchli va dardli onlarini o’z hayotida bir soniyaga bo’lsada his etmaganlar balki bu filmni unchalik ham tushunmaslar. Ammo, bir bora bo’lsada muhabbat ko’chasiga kirib chiqqanlar ushbu film mazmunini, undagi kechinmalarni juda ham yaxshi tushunadilar, his qiladilar. 31-yanvardan «Yurak yig’lar» filmi yana katta ekranda, «Kinochilar Uyi» kinoteatrida namoyish etilishi haqida eshitib, rosti men hursand bo’ldim. Filmni men albatta yana bir bor takroran tomosha qilaman, sizlarga ham tavsiya qilaman! Filmni tomosha qilishga ketkazgan vaqtingizga aslo achinmaysiz. Filmdagi bosh rollarni qoyilmaqom qilib ijro etgan Sarvar Azimov, Komil Fozilov, Zarina Nizomiddinova hamda Bahrul Qurbonovlarga esa kelgusi ijodiy faoliyatlarida omad yor bo’lsin, deb qolaman!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 089 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *