Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yurak yig’lar» prem’erasidan reportaj!!!
8 May, 2014

«Yurak yig’lar» prem’erasidan reportaj!!!

Yurak yig'lar prem'eraBugun 2014-yil 8-may sanasi kinoshinavandalar uchun ajoyib kun bo’ldi. Zero, uzoq kutilgan film va nihoyat katta ekran yuzini ko’rdi. «Benom» guruhi yigitlari Sarvar va Komil boshchiligida suratga olingan mazkur kartinaning ilk tomoshabinlari katta taasurotlar bilan kinozalni tark etishdi.

Biz ham filmni qay darajada chiqqan ekan, degan fikru-hayol bilan tashrif buyurgan edik. Afsuski so’nggi paytlarda suratga olinayotgan aksari filmlarning saviyasiga yuqori baho berib bo’lmaydi. Biroq, «Yurak yig’lar» kartinasi haqida so’z ketar ekan, men ushbu filmni so’nggi paytlarda suratga olingan bir qator kinofilmlardan ustun qo’yishga qaror qildim. Zero, filmda qiziqarli voqelik bor. Bir qizning yigitga bo’lgan haqiqiy muhabbati kartinada namoyon bo’lgan. Yigit bir umrga nogiron bo’lib qolgan holatda ham, u muhabbatni tanladi va barchasiga rozi bo’lgan holda sevgan insoni bilan birga qoldi. «Yurak yig’lar» filmi haqida juda ko’p fikrlar yozishimiz mumkin. Biroq, biz qancha yozsak ham, uni butunlay ta’riflab bera olmaymiz. Eng yaxshisi, kinoteatrlarga tashrif buyuring va yangi suratga olingan dardli melodramani tomosha qiling!!!

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 161 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *