Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yurak yig’lar» filmining yangi prem’erasidan fotoreportaj!
31 Yan, 2015

«Yurak yig’lar» filmining yangi prem’erasidan fotoreportaj!

Yurak yig'lar prem'eraKecha, 2015-yilning 30-yanvar kuni soat 18:00da Alisher Navoiy kinosaroyida «Yurak yig’lar» kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Xabaringiz bor mazkur kinokartina 2014-yil ham prem’era qilingan edi va keng ommaga manzur bo’lganligi sababli, takroran katta ekranga olib chiqilmoqda.

«Benom» guruhi a’zolari Sarvar va Komil, Zarina Nizomiddinova hamda Bahrul Qurbonov bosh rollarda namoyon bo’lgan «Yurak yig’lar» kinokartinasi nomiga monanda ravishda muhabbatga to’lgan qalblarni, yuraklarni yig’latgani sir emas. Juda ham qiziqarli tarzda suratga olingan ushbu kinokartina mazmun jihatidan ham, operatorlik ishlari bo’yicha ham, aktyorlarning ijrosi tarafidan olib qaralganda ham juda a’lo darajada ishlangan. Afsuski, kecha SB.uz portali ijodiy jamoasining «Yil qo’shig’i 2014″ taqdirlash marosimiga borishi lozim bo’lganligi sababli filmni tomosha qila olmagan edik. Bugun esa filmni tomosha qilish uchun bir necha soatdan so’ng yo’l olmoqchimiz. Bu kartinani takror va takror ko’rsangiz ham zerikmaysiz.

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 749 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *