Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Yulduz va Asqar — kelin va kuyov???
10 Mart, 2016

Yulduz va Asqar — kelin va kuyov???

Boyvachcha kuyov

Ushbu fotosurat sizni ham diqqatingizni o’ziga tortishi shubhasiz. Bugungi kunning eng talabgir aktrisasi Yulduz Rajabova hamda Asqar Hikmatovning kelin va kuyov ko’rinishida tushishgan bu fotosuratlari diqqatdan chetda qolishi hech ham mumkin emas. Qani, bu vaziyatga bir oydinlik kiraylikchi…

Yuqorida sizning e’tiboringizga tortiq etilgan fotosurat iste’dodli kinorejissor Bahrom Yoqubovning yangi «Boyvachcha kuyov» kartinasini suratga olish jarayonida tushirilgan bo’lib, bu ikki ijodkor filmda bosh qahramonlar obrazida namoyon bo’lishadi. Shuningdek ushbu kinokartinada Saida Rametova, Zarina Nizomiddinova, Muhammadiso Abdulhayirov, Alisher Usmonov, Zuhrsa Solieva, Murod Rajabov va ilk bor o’zbek kinosida qaynona rolida rus aktrisasi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Volodina Olga Viktorovna suratga tushishgan. Ko’rib turganingizdek, juda ham kuchli aktyorlar ansambli ushbu filmda jamlanishgan. Film rejissori Bahrom Yoqubov doimgidek operatorlik vazifasida Umid Malikovga ishonib topshirgan.
Bahrom Yoqubov haqiqiy milliy, chapani kinokomediyalarni suratga tushirib o’z tomoshabinlariga ega bo’lib ulgurgan. Uning o’z uslubi bor, o’z qalami bor! Shu kunga qadar Bahrom Yoqubov tomonidan suratga olingan hech bir film muvaffaqiyatsizlikka yuz tutmagan. Eng muhimi esa xalqimiz uning kinoasarlarini sevib tomosha qilib kelishmoqda. Bahrom Yoqubovning filmlarini nafaqat O’zbekistonda, balki MDH davlatlarida ham maroq bilan tomosha qilishlari sir emas. Fikrimiz tasdig’i sifatida «Sug’diyona», «Super kelinchak» kabi kinofilmlarni Rossiyaning bir qator telekanallarida bir necha bor namoyish etilganligini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. Ayni damda Rossiya telekanallari Bahrom Yoqubovning yangi kartinalarini ham sabrsizlik bilan kutishayotganligi haiqda ma’lumotga egamiz. Bugun biz sizlarga so’zlayotgan film ham albatta rus telekanallariga ham vaqti kelib chiqishi aniq. Anchadan buyon haqiqiy milliy kinokomediyalarni tomosha qilishni oriziqib kutayotgan tomoshabinlar uchun bir gap aytamiz: OZ QOLDI!!! Siz istagan kinokomediya bu so’zsiz «Boyvachcha kuyov» filmi bo’ladi! Mazkur kino haqida biz yana keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz. Hozircha esa suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlarni sizning e’tiboringizga tortiq etmoqchimiz. Marhamat, fotosuratlarni tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *