Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Mart, 2010

Yolqin To'ychiyevning «Uchar qiz»i

Uchar qizSiz o'zga sayyoraliklar haqida juda ko'p bora eshitgansiz va ular haqidagi filmlarni tomosha qilgan bo'lishingiz aniq. Lekin ular bizning oramizda ham borligiga hamda bizning hayotimizga daxldor ekanligini bilasizmi?

U holda O'zbekkino hamda Sharq sinema hamkorlikda yaratgan zamonaviy fantastik «Uchar qiz» filmini tez kunlarda yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilib, bunga amin bo'lishingiz mumkin. Filmning o'ziga to'xtaladigan bo'lsak, rejissor Yolqin To'ychiyev ajoyib kino aktyorlar guruhini yig'a olgan desak hato bo'lmaydi. Zero Adiz Rajabov, Asal Shodiyeva, Saida Rametova, Muhammad Iso Abdulhairov va boshqalarning ijrosi filmni yaxshi chiqayotganidan darak beradi. Hozirda film ovoz sayqallashtirish va dublyaj ishlari olib borilmoqda. Albatta film aynan qachon taqdim etilishi hamda boshqa ma'lumotlar bilan sizni keyingi maqolalarimizda tanishtirib borishda davom etamiz.

«Uchar qiz» filmi treyleri (ko'chirib olish)

 »Uchar qiz» filmi treyleri (tomosha qilish)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *