Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yolg’on dunyo» filmi ekran yuzini ko’rdi!
17 May, 2015

«Yolg’on dunyo» filmi ekran yuzini ko’rdi!

Yolg'on dunyo prem'eraBugun debyutant rejissor Ravshan Usmonov o’zining ilk kinokartinasini keng ommaga taqdim etdi. Kinochilar Uyi hamda Alisher Navoiy nomli kinosaroylarda bo’lib o’tgan film prem’erasiga tomoshabinlar tashrif buyurishdi va «Yolg’on dunyo» kartinasining ilk tomoshabiniga aylanishdi.

«Yolg’on dunyo» kartinasida bosh rollarda Otabek Mutalxo’jaev, Kaniza hamda Saida Saidbekovalarni ko’rishingiz mumkin. Ulardan tashqari Tesha Mo’minov, Mirza Azizov, Tolib Mo’minov kabi iste’dodli aktyorlar ham ajoyib rollarni talqin etishgan. 18-maydan, ya’ni ertadan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida mazkur filmni tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 225 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *