Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Yolg’izlar» filmi katta ekranda!!!
10 Dek, 2016

«Yolg’izlar» filmi katta ekranda!!!

Yolg'izlar prem'erasiIste’dodli rejissor Ozod Shams tomonidan suratga olingan «Yolg’izlar» kinokartinasi va nihoyat katta ekranlarga chiqdi. 9-dekabr kuni soat 18:00da Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tgan ushbu film prem’erasida kutilgandanda ko’p tomoshabinlarni ko’rish mumkin edi.

To’g'risini aytganda film ijodkorlari ham bu qadar ko’p odamni prem’erada ko’rib vaziyatni bir zum anglay ham olmay qoldilar. Chunki, so’nggi paytlarda taqdim etilayotgan aksari filmlar prem’erasiga bu qadar tomoshabin tushmayotgan edi. Natijada film prodyuserlar tezkorlik bilan Alisher Navoiy kinosaroyining yana 2ta zalini ochib, u yerda ham film namoyishini taqdim etishdi.
Xo’sh, filmni o’zi qanday chiqibdi, degan savol bilan murojaat etishingiz shubhasiz. Kartina kinotomoshabinni filmning so’ngiga qadar ushlab tura oladi. Unda o’ziga xoslik bor, qiziqarli syujet yo’nalishiga ega bo’lgan «Yolg’izlar» filmida voqealar rivoji tez-tez ketsada, bir mavhumlik filmning so’ngiga qadar ushlab turiladi. Yakunda esa siz kutmagan holat yuz beradi. Yomon deb o’ylagan odamingiz yaxshi bo’lib chiqadi.
«Yolg’izlar» filmida bosh rollarda Shavkat Komilov, Shahlo Temirova, Behruz, Behzod Muhammadkarimovlarni ko’rishingiz mumkin, shuningdek, Saida Rametova, Hamid Toshpo’latov, Said Muhtorov, Muhammadjon Bobojonov, Davlatbek va boshqalar ishtirok etishgan. «Yolg’izlar» filmini 10-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *